2 Тошкент давлат



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/159
Sana14.06.2022
Hajmi3,53 Mb.
#671235
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   159
Bog'liq
Конференция тўплами 123 шўъбалар-1

Kalandarov R., 
TMI
,
Ikramov M., 
TMI
 
talabasi 
 
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH, 
TERRORIZM VA OMMAVIY QIRG’IN QUROLINI TARQATISHNI 
MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH HAMDA MOLIYAVIY 
XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH SOHASIDAGI
XALQARO TAJRIBALAR 
Annotatsiya:
Ushbu tezisda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizm va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning jahon 
tajribasi, bu jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi koʻrsatib oʻtilgan. 
Аннотация:
 В этом тезисе представлен мировой опыт противодействия легализации 
доходов, полученных преступным путем, финансированию терроризма и распространению 
оружия массового уничтожения, проблемам и решениям этого процесса. 


152 
Annotation: 
This thesis presents world experience in counteracting the legalization of 
proceeds from crime, financing of terrorism and the proliferation of weapons of mass destruction, 
problems and solutions to this process. 
Tayanch iboralar: 
Pul yuvish, FATF, Yevroosiyo guruhi, Bazel boshqaruv instituti, 
“Egmont” guruhi, “Terrorizm va moliyaviy razvedka boshqarmasi”, “Milliy xavfsizlik idorasi”, 
“Razvedka xizmatini qo'llab-quvvatlash idorasi”, “Moliyaviy razvedka boshqarmasi”. 
Bugungi kunga kelib jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va 
ommaviy qirg’in qurollarini tarqatish global muammoga aylanib bormoqda. Bu esa o’z navbatida 
har bir mamlakat uchun ushbu omillarga qarshi kurashishning mukammal tizimini yaratishni taqozo 
qilmoqda. 
Pul yuvish — jinoyat natijasida qoʻlga kiritilgan pul yoki boshqa mulkka qonuniy tus berish, 
yaʼni noqonuniy yoʻllar bilan topilgan mulkni ochiqchasiga foydalana olish uchun norasmiy 
iqtisoddan rasmiy iqtisodga olib oʻtish. 
Pul yuvish bilan samarali kurashish uchun quyidagi idoralar hamkorlikda ish tutishi zarur: 

qonun chiqaruvchi idoralar; 

ijro etuvchi idoralar yoki ministrliklar; 

sud idoralari; 

qonunni himoya qilish idoralari; 

moliyaviy qidiruv boʻlinmalari; 

 
Markaziy bank, turli tekshiruvchi idoralar va boshqa moliyaviy va moliyaviy boʻlmagan 
mahkamalar. 
Bundan tashqari, pul yuvish bilan kurashish uchun bank kabi xususiy mahkamalar ham 
hamkorlikda ish yuritishi kerak. Pul yuvish uchun boʻlgan kurashni jahon miqyosida 
muvofiqlashtirish uchun 1989-yil G7 ning Parijdagi sammitida Pul yuvish bilan kurashishning 
moliyaviy choralarini ishlab chiqish guruhi (Inglizcha: 
Financial Action Task Force on Money 
Laundering
, FATF) tuzilgan. 
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari sifatida xalqaro, 
mintaqaviy va milliy doirada bu yo‘nalishdagi xatti-harakatlarni amalga oshirishda birinchi 
navbatda, davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama yoki 
muayyan tashkilotlar doirasidagi hamkorligini ko‘rsatish mumkin. Buning asosiy sababi, bugungi 
kunda terrorizm transmilliy jinoyat sifatida chegara bilmasligi va xalqaro terrorizmga 
aylanganligidir. 
Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, terroristik tuzilmalar sharoitlar o‘zgarishiga tez 
moslashib, o‘z faoliyatini moliyalashtirishning yangi yo‘llarini topmoqda. Bu esa jahon 
hamjamiyatidan o‘z vaqtida samarali choralarni ko‘rish, ularning yo‘liga to‘siq qo‘yish uchun sa’y-
harakatlarni birlashtirishni talab etmoqda.
Shu maqsadda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralarni 
ishlab chiquvchi xalqaro hukumatlararo guruh faoliyat ko‘rsatmoqda. Sakkizta mintaqaviy guruhni 
o‘z tarkibida birlashtirgan ushbu yagona xalqaro tarmoq jinoiy daromadlarni legallashtirish va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasida global standartlarni ishlab chiqadi, milliy 
tizimlarning mazkur standartlarga muvofiqligini ta’minlaydi. 2004-yilda Jinoiy daromadlarni 
legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi 
tashkil etilgan edi. Unga mintaqaning 9 davlati, jumladan, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. Yana 14 
mamlakat, 18 xalqaro va mintaqaviy tashkilotga guruhda kuzatuvchi maqomi berilgan.
Ta’kidlash joizki, yetakchi xalqaro tashkilotlar mamlakatimizning jinoiy daromadlarni 
legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tizimi samaradorligini 
e’tirof etmoqda. Bazel boshqaruv institutidek nufuzli tashkilot O‘zbekistonni Italiya, Ispaniya, 
Kanada, Janubiy Koreya va AQSh kabi mamlakatlar qatorida noqonuniy pul o‘zlashtirish xavfi eng 
kam davlatlar guruhiga kiritgan.


153 
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki 
ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini 
to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga 
solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash 
tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi 
tomonidan belgilanadi. 
Bu mavzuda gapirar ekanmiz xalqaro “Egmont” guruhi haqida eslab o’tish joiz. “Egmont” 
guruhi — moliyaviy razvedka bo‘linmalari xalqaro tashkiloti bo‘lib, dunyoning 160 dan ortiq 
moliyaviy razvedkalarini birlashtiradi.
 
Davlatlarning jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi 
kurashish yoʻlidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish asosiy vazifa hisoblanadi.
 
Tashkilotga 1995 yilda asos solingan boʻlib, uning nomi birinchi forum oʻtkazilgan joy - 
Egmont-Arenberg (Bryussel)dan olingan.
 
Oʻzbekiston «Egmont» guruhiga 2011 yil 1 iyulda (rasmiy sana) 
kirgan
.
 
Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmga qarshi kurashish sohasida AQSh tajribasini 
oladigan bo’lsak, Qo’shma Shtatlar Moliya vazirligida “Terrorizm va moliyaviy razvedka 
boshqarmasi” bo’limi mavjud bo’lib, ularning vazifasi axborot to’plash va iqtisodiy, pul va 
moliyaviy masalalar yuzasidan ekspert baholar tayyorlash, xorijiy davlatlar iqtisodiy ahvolini 
o’rganish, AQSh xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan moliyaviy voqealar va 
tendensiyalar haqida ogohlantirishdir.
AQSh G'aznachilik Departamenti tarkibida 1961-yilda razvedka bo'limi paydo bo'ldi va 
keyinchalik “Milliy xavfsizlik idorasi” deb nomlandi va 1977 yilda u “Razvedka xizmatini qo'llab-
quvvatlash idorasi” deb o'zgartirildi. 2004 yil dekabr oyida u “Terrorizm va moliyaviy razvedka 
boshqarmasi” deb nomlandi, ushbu tuzilmaning vazifalari ko'lami sezilarli darajada kengaytirildi - 
terrorizm guruhlarini moliyalashtirish va mamlakatlarda ommaviy qirg'in qurollarining tarqalishini 
moliyalashtirish monitoringini olib bordi.
Xodimlar soni va byudjet hajmi tasniflanadi, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, 2018 moliyaviy yilda 
idoraning byudjeti 84,6 million dollarni tashkil etgan. 
Shuningdek, Argentina Iqtisodiyot vazirligida “Moliyaviy razvedka boshqarmasi” (
Unidad de 
Inteligencia Financiera
) bo’limi mavjud bo’lib, uning vazifasi mamlakatda 2000-yilda qabul 
qilingan jinoiy daromadlarni yashirish va legallashtirish to’g’risidagi qonunga asosan quyidagi 
yo’nalishlarda olingan daromadlarni legallashtirishning oldini olish va unga qarshi kurashish 
maqsadida ma’lumotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va uzatish: 
a)
narkotik moddalar savdosi; 
b)
kontrabanda; 
c)
noqonuniy tashkilotlar faoliyati; 
d)
hukumatga qarshi firibgarliklar va boshqalar. 
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg’in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. 
Shuningdek, bu borada jahon hamjamiyati bilan o’zaro tajriba almashish va hamkorlik qilish eng 
samarali yo’l desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero, bugungi kundagi globallashuv jarayonida yo’l 
qo’yilgan har qanday e’tiborsizlik yirik muammolarga sabab bo’lishi hech birimizga sir emas. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish