O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” YO’NALISHI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
TAYYORLADI: 925-21 GURUH TALABASI B.ABDUMALIKOV
QABUL QILDI: O.ORTIQOV
2-topshiriq
1.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
2.O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish.
3.Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot.Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.
4.O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.
Javoblar
1. 24 — 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassamdir.
Biz nimalarni maqsad qildik? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz.
Mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilar taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashish uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz, O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribasini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish qiladi.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
(3-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
3. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda.
Respublika Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, ma’naviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni o‘lchab ham, poyoniga yetkazib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.
Bozor munosabatlari sharoitida ma’naviyat va ma’rifat ishlariga g‘oyat katta e’tibor berilishi mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Shu borada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘ldi. Yurtboshimizning ma’naviyatga bosh homiy bo‘layotgani, viloyat hokimlarining ma’naviy va ma’rifiy Kengashlariga shaxsan o‘zlari raislik qilayotganlari mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e’tibor berilganlikni ko‘rsatadi.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Prezident farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida “Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish”, “Aholini siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish” yuzasidan hujjatlar qabul qilib, 39 ta kichik ishchi guruhlarni tuzdi. Qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini kuchaytirish yuzasidan kengashning joylardagi bo‘limlari muayyan ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi.Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov,Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome’ as-Sahiyh” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab, al-mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.
4. Iftixor bilan aytishimiz mumkinki, jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar o'z samarasini berayapti. Binobarin, istiqlol yillarida Vatanimizda yashayotgan turli millatlar o'rtasida o'zaro hurmat, tenghuquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, uning qonuniy asoslarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi.
Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin.
Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega.
O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.
Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish etti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.
Bu borada yaxlit, chuqur o'ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratilmoqda. Bu islohot va o'zgarishlarning negizida konstitutsion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd etish lozim. Shundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o'tish zarur.
Birinchidan, turli millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta'minlash alohida e'tiborga olingan.
Mazkur sohada O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini o'zaro hurmat qilish kiradi.
Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta'minlaydi.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi.
Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda.
So'nggi to'rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat'i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |