qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmasi — qayta tiklanadigan manbalardan elektr, issiqlik energiyasi yoki biogaz ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnologik uskunalar to‘plami;
qayta tiklanadigan energiya manbalari — o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan tabiiy jarayonlar hisobidan uzluksiz qayta tiklanadigan va quyidagilarni o‘z ichiga oladigan energiya manbalari: quyosh nuri energiyasi, shamol energiyasi, suvning gidrodinamik energiyasi, geotermal energiya — tuproq, yerosti suvlari, daryolar, suv havzalari issiqligi, shuningdek, birlamchi energiya resurslarining antropogen manbalari — biomassa, biogaz hamda elektr va (yoki) issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan organik chiqindilardan boshqa yoqilg‘i;
Do'stlaringiz bilan baham: |