Ledeburit (L)- evtektik aralashma bo’lib, uning tarkibdagi uglerod miqdori 4,3 % ga teng bo’lib, suyuq fazadan hosil bo’ladi. Ledeburit 1147 0C dan 727 0C gacha tsementit bilan austenitning, 727 0C dan xona temperaturasigacha esa tsementit bilan perlitning mexanikaviy aralashmasidir. Bu aralashmalarni o’zaro farq qilishi uchun 1147 0 dan 727 0C gacha ledeburit LA bilan, 727 0C dan pastdagi ledeburit esa LP bilan belgilanadi, ya’ni LA-austenitli, LP - perlitli ledeburit. Diagrammadagi (8-rasm) ABCD chizig’i likvidus, AHECF chizig’i esa solidus chizig’idir. Holat diagrammasidan ko’rinishicha, qotishmalarning birlamchi kristallanishi likvidus va solidus chiziqlarninng oralig’ida sodir bo’ladi. Qotishmalarning ikkilamchi kristallanishi solidus egri chizig’idan pastda sodir bo’lib, uglerodning austеnit va ferrit strukturalarida eruvchanligiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |