Nazariy savollarga javob berish.
Amaliy topshiriqni bajaring.
Hisobot tayyorlash.
35-variant
2 - jadval
№
|
Talabalarining F.I.Sh.
|
Variant nomeri
|
Nazariy savollar nomeri
|
|
|
|
№ 35.
|
35, 9
|
I. Nazariy savollar:
9) Elektr qurilmalarini himoya vositalari.
Ionli nurlanishlarni atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri.
1-savolga javob
Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, yerga ulagichni o‘rnatish uchun), izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va hokazolar;
1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari;
dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolatsiyalovchi qoplamalar va izolatsiyalovchi tagliklar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
ko‘chma yerga ulagichlar;
to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash mumkin.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar, kuchlanish ko‘rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari;
elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda ko‘llaniladigan izolatsiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolatsiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar).
Asosiy himoya vositalarining izolatsiyalovchi qismi dielektrik xususiyati chidamli bo‘lgan materiallardan (chinni, qog‘ozbakllet quvurlari, ebanit, getinaks, yog‘och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
O‘ziga nam tortuvchi materiallar (qog‘ozbakelit quvurlar, yog‘och va boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‘lishi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik qo‘lqoplar;
dielektrik etiklar;
dielektrik gilamchalar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
dielektrik qalpoqlar;
ko‘chma yerga ulagichlar:
to‘siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar;
izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar;
kuchlanish ko‘rsatgichlari;
dielektrik qo‘lqoplar;
izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik kalishlar;
dielektrik gilamchalar;
ko‘chma yerga ulagichlar;
izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
to‘siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |