2. Сут маҳсулотларини ишлаб чиқишда сутнинг назорати


Консерва маҳсулотлари ишлаб чиқишдаги мева ва сабзовотлар қўйилган талаблар6



Download 27,49 Kb.
bet4/6
Sana10.02.2022
Hajmi27,49 Kb.
#439390
1   2   3   4   5   6
Консерва маҳсулотлари ишлаб чиқишдаги мева ва сабзовотлар қўйилган талаблар6

Sabzavot konservalarining sifatiga talablar
Tayyorlash usuli va qaysi sohada iste’mol qilinishiga qarab sabzavot
konservalari tabiiy, gazakbop, ovqatbop, bolalarga va parhez maqsadlariga
mo‘ljallangan turlariga bo‘linadi.
Tabiiy konservalar. Bu konservalar kimiyoviy tarkibi, ozuqaviy qiymati va
organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qaysi xom ashyodan tayyorlangan bo‘lsa
o‘sha xom ashyoga juda yaqin bo‘ladi. Tabiiy konservalar uchun quyma 2-3 % li
osh tuzi eritmasi hisoblanib, ziravorlar qo‘shilmaydi. Bu konservalar ishlab
chiqarish uchun yuvilgan, saralangan, iste’molga yaroqsiz qismlardan ajratilgan,
blanshirovka qilingan sabzavotlar bankalarga joylanib, ustiga tuz eritmasi quyilib,
germetik bekitilib, sterilizatsiya qilinadi.
Tabiiy konservalar sabzi, lavlagi, dumbul no‘xat, shirin jo‘xori, karam,
qalampir, bodring va boshqa sabzavotlardan tayyorlanadi. Bu konservalar salatlar,
vinegretlar, birinchi va ikkinchi ovqatlar tayyorlashda, shuningdek sovuq va
isitilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovqatga ishlatiladi.
Pomidor, bodring, dumbul no‘xatlardan tayyorlangan tabiiy konservalar
oliy, birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo‘linadi. Boshqa tabiiy konservalar esa
tovar navlariga bo‘linmaydi.
Tabiiy konservalarning qaysi tovar naviga mansubligini aniqlashda tashqi
ko‘rinish, rangi, konsistensiyasi, hidi, ta’mi, quymaning rangi va o‘lchamidagi
chetlanishlar hisobga olinadi. Tabiiy konservalar uchun asosiy ko‘rsatkichlardan
biri sabzavot massasining konservaning umumiy massasidagi hissasi hisoblanib,
bu ko‘rsatkich konservalarning turiga qarab 55-65 foizni tashkil etishi kerak.
Gazakbop konservalar. Gazakbop konservalar deb butunlay iste’molga
mo‘ljallanib maxsus ishlov berilgan konservalarga aytiladi. Bu konservalarni
tayyorlashda sabzavotlarni oldin o‘simlik moyida qovurib olinadida, keyin ustidan
pomidor sousi quyiladi. Baqlajon, qalampir, kabachki, patisonlardan shunday
konservalar tayyorlanadi.
Ishlatiladigan xom ashyo va tayyorlash usuliga qarab gazakbop konservalar
quyidagi turlarga bo‘linadi: pomidor sousidagi do‘lma sabzavot konservalari;
pomidor sousidagi to‘g‘rama va qovurilgan sabzavot konservalari; sabzavot ikrasi;
salatlar va vinegretlar.
Gazakbop konservalardan sabzavot ikralari, salatlar va vinegretlar tovar
navlariga bo‘linmasada, qolgan turlari oliy va 1-chi navlarga bo‘linadi.
Bu konservalarning sifatini baholashda ularning organoleptik va fizikkimiyoviy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Gazakbop konservalarning asosiy
organoleptik ko‘rsatkichlariga tashqi ko‘rinishi, rangi, ta’mi, hidi, konsistensiyasi
kabi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlaridan standart
talabi bo‘yicha yog‘ miqdori, nordonligi, tuz miqdori, konserva suyuq qismining
miqdori kabi ko‘rsatkichlarini aniqlash ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir qatorda bu
konservalar tarkibida qalay, mis, qo‘rg‘oshin kabi og‘ir metallar tuzlarining
miqdori ham chegaralanadi.
Ovqatbop konservalar. Bu konservalar yangi, tuzlangan, achitilgan
sabzavotlar, kartoshklardan va yog‘, pomidor mahsulotlar, qand, tuz, ziravorlar,
qo‘ziqorinlar, go‘shtlardan tayyorlanadi. Ovqatbop konservalar ikki xil bo‘ladi:
sabzavotlardan va sabzavot-go‘sht mahsulotlaridan tayyorlangan. Bu konservalar
sotishga birinchi va ikkinchi ovqatbop konservalar holida chiqariladi.
Birinchi ovqatbop konservalarga rassolniklar, borshlar, shilar, karam
sho‘rvalar, ikkinchi ovqatbop konservalarga esa sabzavotli, sabzavotli-qo‘ziqorinli
solyankalar, sabzavotli ragular, go‘shtli sabazavotlar kiradi.
Ovqatbop konservalarning sifati tashqi ko‘rinish, rangi, ta’mi, hidi va
konsistensiya kabi ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Ularning organoleptik
ko‘rsatkichlari asosan ulardan issiq ovqat tayyorlagandan keyin aniqlanadi.
65
Har xil ovqatbop konservalar tarkibida ularning resepturasiga qarab 13 %
dan 35 % gacha quruq modda, 1,2 % dan 12 % gacha yog‘ va 1,2-2,8 % miqdorida
tuz bo‘ladi. Ularning umumiy nordonligi esa (olma kislotasi bo‘yicha) - 0,4-0,9 %
bo‘lishi kerak. Shuningdek, bu konservalar tarkibi ham og‘ir metallar tuzlari
chegaralanadi.
Bolalarga mo‘ljallangan va parhezbop sabzavot konservalari. Bu konservalar
yuqori sifatli, saralangan sabzavotlardan va boshqa qimmatli xom ashyolar qo‘shib
tayyorlangan konservalar hisoblanadi. Bolalarga mo‘ljallangan va parhezbop
konservalar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sabzavotlarni yetishtirishda va
saqlashda antiseptik kimiyoviy birikmalar ishlatilmagan bo‘lishi kerak. Bu
konservalar to‘yimli va organizmda tez hazm bo‘ladi.
Bolalarga mo‘ljallangan sabzavot konservalari qirg‘ichdan o‘tkazilib,
shakar, sariyog‘, sut va boshqa xom ashyolar qo‘shilib, gomogenlashtirilgan
massadan tashkil topgan bo‘ladi.
Parhezbop sabzavot konservalari maxsus reseptura asosida tayyorlanib,
kasalmand kishilarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu konservalar tayyorlashda Ye
vitamini va to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy bo‘lgan o‘simlik moylari va
mineral elementlarga boy bo‘lgan dengiz karami kabi xom ashyolar ishlatiladi.
Bular asosan qariyalarga, qandli diabet va oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan
kishilarga tavsiya etiladi. Parhezbop konservalarning keng tarqalgan turlariga
dengiz karami ikrasi, dengiz karami qo‘shib tayyorlangan sabzavot salatlari, sutli
sousli kabachki, sutli sousli sabzilar va boshqalarni kiritish mumkin.

Download 27,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish