2. Suhbat Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish


Bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalar guruxida rasm chizish malakasining xosil bo’lishi va



Download 348,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana26.05.2022
Hajmi348,09 Kb.
#610210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5402198281382006477

Bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalar guruxida rasm chizish malakasining xosil bo’lishi va 
rivojlanishi.
Maktabgacha tarbiya muassalarida rasm chizishga o’rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davrda 
bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri xisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog’oz ustida 
yuritishga o’rganadi. Lekin bu protsessda rivojlanmaydi, bola qalamni to’g’ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi 
asta sekin to’g’ri ushlashga odatlantiradi, bolani bajarayotganligini emas balki, qalamning harakatini uning 
uchi bilan qog’oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to’g’ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog’oz 
betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog’oz ustiga 
tushirilgan turli xil izlarni ko’rib xursand bo’ladi. SHuning uchun bu davr «Ala- buji» davr deyiladi. Bu davr 
bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta’sir ko’rsatadi. Bu guruxda maktabgacha ta’lim-tarbiya 
dasturi guruxviy mashg’ulotlarni talab qilmasada, agar bolalar xoxlashsa ularni stol atrofiga o’tirib rasm 
chizdirishga imkon yaratish mumkin.
Ilk yoshdagi yoshli guruxlarda bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin 
bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma’nosiga 1 kichik guruxdan boshlab tushuncha boshlanadi.
1 kichik gurux (2 yoshdan 3 yoshgacha). 
2. Bu davrga kelib, nutqi o’sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan mustaqil harakat qilishi 
aktivlashadi. Bu guruxda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini ko’zatishga o’rgatadi. CHizayotgan 
turli chiziqlar bilan predmetlarni turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o’xshatishga o’rgatadi. Bolalarga 
savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding deb bolani chizgan ishini qaysi predmetga o’xshashligini 
aniqlaydigan ko’plab savollar beradi. Bola harakati ixtiyorsiz bo’ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o’z harakati 
natijasida hosil bo’lgan ishida predmet o’rtasidagi o’xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatni o’sishi o’z-
o’zidan nutqini rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ular tarbiyachi ko’rsatishimiz ishlarida oddiy predmet va 
xodisalarni tasvir etadi. Masalan: Yomg’ir yog’ayapti, qor yog’ayapti, barglar uchayapti, daryoda suv oqmoq 
da va boshqalar. 
3yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib uni predmetga 
o’xshatadilar. Masalan: uncha katta bo’lmagan qog’oz betiga qizil bo’yoqda bo’lib, “men gul soldim” deydi. 
Bu guruxda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan: 
sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko’k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o’rgatiladi. 
“Quyosh”, “ko’m-ko’k o’tlar”, “gullar”. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg’ulotdan keyin 
bo’yoqdan foydalanib bo’yaydi, undan foydalanishni o’rgatiladi. Bolalarga quyidagi temalarda bo’yoqlar 
bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan: Barglar daraxtlardan to’kilayapti, “uyda chiroqlar yoqildi”. Yilning 
2-yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetni oddiy tasviriyga o’rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, bolalarni, 
tarbiyachi koptok chizadi-bolalar yo’l. Yilning 2-yarmiga bolalar bilan mashg’ulot uyushtirib, uni 
(mo’yqalam qo’yib olish) qo’g’irchoqni ko’ylagini yoki dastro’molcha va qo’lqopni dog’lar bilan bezashga 
o’rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasviriyga o’rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi. 
Sifatli o’rgatish uchun usullardan biri passiv harakatlar usuli, ya’ni bola o’zi mustaqil harakat 
qiladi. Tarbiyachi bola qo’liga qalam berib chizish harakatlarini bajaradi yoki o’yin o’tkazadi. Bolalar qo’l 


harakatining koordinatsiyasini rivojlantirib borib, tarbiyachi qog’oz betida bir xildagi ritmik harakatlarni 
bajaradi, o’ngga-chapga keyin asta-sekin murakkab harakatlarni bajarishga o’rgatadi. Masalan: ip o’rami 
yoki tutin chiqayapti va boshqalar.
Tarbiyachining badiiy so’zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsani obrazli tasavvur 
etishga yordam beradi. Masalan: quyosh to’g’risida shunday she’r va ashulalardan foydalanish usuli muhim 
usullardan xisoblanadi. 1 kichik guruxda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo’llaniladi. Tarbiyachi 
katta qog’oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi. (mo’yqalamni tikka qog’ozga qo’yish usuli 
bilan). Bunday mashg’ulotlarni tarbiyachi 5-6 ta bolalar guruxsi bilan uyushtirish mumkin. 2,5 yoshdagi 
bolalar bilan tip mashg’ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan:bolalarga rasmlar berib, unda nimalar 
tasvirlanganligini kabi o’yinlar o’tkazish mumkin. Masalan: quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo’lishi 
mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam beradi. Tarbiyachi bolalar ishini 
taxlil qilib ularning ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o’rtasidagi o’xshashlikni ko’rsatib 
beradi. 

Download 348,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish