1. Soliqning fiskal funktsiyasi
2. Tartibga solish funktsiyasi.
3. Rag‘batlantirish funktsiyaschi
4. Soliqning nazorat funktsiyasi.
5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi.
3. Ozbekiston Respublikasi soliq tizimi
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. Bevosita soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. Тo‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu erda bo‘lmaydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.
Bevosita soliqlardan to‘g‘ridan - to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining kop qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi va oxir-oqibatda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga salbiy tasir korsatadi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari togridan-togri iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bogliqdir.
Bilvosita soliqlarni huquqiy tolovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq ogirligini haqiqatdan ham byudjetga tolovchilari tovar (ish, xizmat)ni istemol qiluvchilardir, yani bilvosita soliqlarning barchasi bevosita istemolchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qoshimcha ravishda qoyiladi.
Bilvosita soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bolishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi. Bilvosita soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga togridan - togri tasir etmaydi, yani investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi ilmiy asoslanmasdan oshirib yuborilsa bunday holatda korxonalar oz tovarlarini sotish qiyinchiligiga duch kelishlari mumkin.
Jahon soliq amaliyotida Davlat byudjeti daromadlari tarkibida togri va bilvosita soliqlarning nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga baho berish mumkin. Masalan, AQShda byudjet daromadlari tarkibida bevosita soliqlar salmogining 90 foizga yaqin bolishi bu mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Quyidagi 4-jadvalda Ozbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida bevosita soliqlarning tarkibi va undagi ozgarishlar korib chiqilgan.
Keltirilgan malumotlarning tahlili shuni korsatadiki, 2005-2017 yillar mobaynida bevosita soliqlarning mamlakat davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmogi pasayish tendensiyasiga ega bolgan. Bu esa, xalqaro byudjet amaliyotida shakllangan tendensiyalar nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki, mazkur tendensiyalarga muvofiq, bozor iqtisodiyoti sharoitida bevosita soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmogi barqaror tarzda saqlab turilishi yoki osish tendensiyasiga ega bolishi lozim. 2017 yilda 2005 yilga nisbatan 1,0 punktga osish tendensiyasiga ega bolganligi xalqaro byudjet amaliyotiga mos kelayotganligidan dalolat beradi.
Bilvosita soliqlar tarkibiga qoshilgan qiymat soligi, aksiz soligi, bojxona boji, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgisi va gaz ishlatganlik uchun soliqlari kiradi.
2005-2017 yillar mabaynida bilvosita soliqlarning Ozbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmogi osish tendensiyasiga ega bolgan.
Mazkur tendensiyaning mavjudligi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning sababi shundaki, qoshilgan qiymat soligi va aksiz soligi iqtisodiy konyunkturaning ozgarishlariga bevosita bogliq bolmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va bilvosita soliqlar boyicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
Ozbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlarini osish tendensiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qoshilgan qiymat soligi, aksiz soligi kabi barqaror daromad manbalarini byudjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmogini taminlashni taqozo qiladi.
Yevropa mamlakatlarida bilvosita soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida bilvosita soliqlarning salmogi 40 foizdan yuqori bolib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur korsatkich 50 foizdan yuqori bolgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Тurkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va boshqa majburiy tolovlari tashkil etadi. Yuridik shaxslar quyidagi umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy tolovlarni tolaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |