Oldingi tahrirga qarang.
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ishtirokini faollashtiradi;
(11-bandning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq solish sohasida ishlarni haqqoniy holatini chuqur va xar tomonlama o‘rganishni amalga oshiradi;
birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish orqali to‘plangan muammolar va tizimli kamchiliklarni aniqlash bo‘yicha ishlarini amalga oshiradi;
soliq solish sohasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
soliq to‘lovchilar o‘rtasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
12. Qo‘mita markaziy apparati, davlat soliq xizmatining hududiy organlarining funksiyalari Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
6-bob. Qo‘mita rahbarlarining javobgarligi
22. Qo‘mita raisi:
1) Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
2) Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar prognozining bajarilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) soliqlar va yig‘imlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash yuzasidan lozim darajada nazorat o‘rnatilishi;
(22-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
5) davlat soliq xizmati organlariga yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rag‘batlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratilishi;
6) xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhiti yaratilishi, jamoada sog‘lom muhit shakllantirilishi;
7) davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi, soliq to‘lovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasiz muloqot o‘rnatilishi;
8) soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida xalqaro ekspertlar, grantlarni jalb etish ishlari;
9) davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika jihatdan ta’minlanishi;
10) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
11) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
23. Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishining ta’minlanishi;
(23-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
2) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari ko‘rilishi;
3) soliq solish bazasini kengaytirish bo‘yicha, jumladan hududlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks choralar ko‘rilishi;
4) nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish orqali soliq tizimining modernizatsiyalanishi;
5) Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning Qo‘mita markaziy apparatining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;
6) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
7) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi.
24. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari:
1) soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasining takomillashtirilishi;
2) Davlat budjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi;
3) soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi;
4) soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat ta’minlanishi;
5) sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;
6) soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi;
7) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning shaxsan qabul qilinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
8) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti va soliq texnikumlari faoliyati samarali tashkil etilishi;
(24-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
9) Qo‘mita vazifa va funksiyalarining Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;
10) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
11) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi.
25. Qo‘mitaning mansabdor shaxslari:
o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganliklari, ijro intizomini buzganliklari;
ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganliklari;
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganliklari;
o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganliklari va soliq solish bazasini kamaytirganliklari;
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganliklari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
26. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek, zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
27. Soliq nazoratini amalga oshirishda davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Tekshirilgan soliq davri uchun soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi kerak bo‘lgan aynan bir xil soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha tekshirishlarni takroran o‘tkazish taqiqlanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
29. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z huquq va erkinliklarini buzayotgan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita rahbariyatiga yoxud bevosita sudga shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |