Nazorat uchun savollar:
Avtomobil modellarini klassifikatsiyacini sanab bering?
Texnologik xaritalarni tuzishni izohlang?
G‘ildirak vtulkasi qanday materialdan tayyorlanadi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Bekmuratova M. Texnikaviy ijod va dizayn.–T.: Fan va texnologiya, 2004.
2.Vorobyov A.I., Limanskiy A.S. Texnik konstruksiyalash va modellarni yasash.–T.: O‘qituvchi, 1990..
3.Muslimov N.A., Sharipov Sh.S. Texnik ijodkorlik va dizayn.-T.: «Iqtisod -Moliya» 2009.
4. E-mail: davr-press@mail.ru
Nazariy ma’lumotlar
Umumiy ma’lumotlar. Avtomobil modellarini loyihalashda avvalo haqiqiy avtomobillarning tuzilishini, asosiy texnik xarakteristikalarini, klassifikatsiyasini, vazifasi va hokazolarni bilish zarur.
Konstruksiyani ishlab chiqish tartibi qo’yidagicha bo‘lishi mumkin:
1.Loyihalanadigan modelning asli avtomobilning umumiy ko‘rinishi rasmi yoki fotosuratini tanlash.
2.Modellashtirish uchun olingan avtomobil konstruksiyasini analiz qilib, uning kompozitsiyasini, konstruktiv xususiyatlarini, gabarit o‘lchamlarini va unga ishlatiladigan materiallarni o‘rganish.
3.Modelning umumiy ko‘rinishini va zarur bo‘lsa, kinematik sxemasini tuzish.
4.Avtomobil modelining konstruktiv xususiyatlarini nazarda tutib dvigatel va tok manbai turini tanlash.
5.Modelning kinematik sxemasida va eng oddiy reduktorni konstruksiyalashda uzatishlar nisbatini hisoblash.
6.Modelning yetishmaydigan detallarini loyihalash va ularning chizmalari hamda tayyorlashning texnologik jarayonlarini tuzish.
7.Modelning ayrim uzellari, mexanizmlari va detallarini tayyorlash.
8.Avtomobil modelini yig‘ish, rostlash va yurgizib sinash.
VAZ-2102 yengil avtomobilning modeli. Bu avtomobil universal model bo‘lib, uning konstruktiv xususiyatlari 1—2 minutda uni zamonaviy xolodilnikni ham ortsa bo‘ladigan yuk bo‘lmasiga aylantirish imkonini beradi.
Modelning beshta eshikli kuzovida orqa o‘rindiq yostig‘i va suyanchiqning joylarini o‘zgartirib (yuk platformasi hosil qilib) haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchining oralig‘idan tashqari 290-300 kg gacha yukni tashish mumkin.
VAZ 2102 avtomobilining yuk ko‘tarish qobiliyati oshirilishi bilan uning orqa osmasidagi silindrsimon prujinasi boshqa modellariing prujinalaridan farqlanadi.
VAZ 2102 yengil avtomobilining modeli haqidagi ma’lumotlar:
a)umumiy ko‘rinishi (1-rasm);
1- rasm. umumiy kurinishi
2-rasm kuzovning uzeli
3-rasm. shassisi
Do'stlaringiz bilan baham: |