1 - AMALIY MASHG‘ULOT
(2 soat)
1-MAVZU: AVTOMOBILNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH.
Ishdan maqsad: Avtomobil modellarini klassifikatsiyalash, VAZ-2102 yengil avtomobilining modeli, avtomobili modeli detallarining spetsifikatsiyasi, avtomobil kuzovining yon qismini, g‘ildiragini va g‘ildirak vtulkasini tayyorlash uchun texnologik xaritalarga ko‘ra uning detallarini tayyorlash va avtomobilni yig‘ishga oid ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘rganish.
O‘zlashtiriladigan bilimlar: avtomobil modellarini klassifikatsiyasi, VAZ-2102 yengil avtomobilining modeli, avtomobili modeli detallarining spetsifikatsiyasi, avtomobil kuzovining yon qismini, g‘ildiragini va g‘ildirak vtulkasini tayyorlash uchun texnologik xaritalar tuzish va unga oid ma’lumotlar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Avtomobil modelini yasash uchun detallarining texnologik xaritalarini tuzish.
2. Tuzilgan texnologik xaritalar asosida avtomobil modeli detallarini yasash va yig‘ish.
3. Bajariladigan ishlar yuzasidan yozma hisobot tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |