2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish



Download 163 Kb.
bet1/7
Sana05.05.2023
Hajmi163 Kb.
#935202
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIK TA‘LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA‘LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700-BOSHLANG‘ICH TA‘LIM YOʻNALISHI

9-15 BTUS-20 GURUH TALABASI




Ostonova Dilafruznning

Ona tili o’qitish metodikasi”


FANIDAN

2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish.”

mavzusida


KURS ISHI
Ilmiy rahbar:

BUXORO-2023


REJA:
Kirish.
I.BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIM TIZIMIDA ONA TILI FANINING TUTGAN O’RNI.
1.1. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishning maqsad va vazifalari.
1.2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarining qurilishi va ularda qo’llaniladigan metodlar.
II.BOB. 2-SINFDA ”NARSA VA SHAXS HARAKATINI BILDIRGAN SO’ZLAR” MAVSUSINI O’RGANISH.
2.1.Boshlang’ich sinflarda fe’lni o’rganishda izchillik.
2.2.2-sinflarda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar”mavsusini o’rganishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyatni istiloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo’g’ini,jamiyatdagi o’zgarishlarning,iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning,Respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini istiloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Belgilangan maqsadga rishish uchun ”Qadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ushbu dastur yosh avlodgauzluksiz ta`lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta`lim majmui hisoblanadi. Bunda ta`lim tizimining har bir bo`g`ini alohida o`rin va ma`suliyatga egadir. Dasturni to`liq amlga oshirish, qo`yilgan vazifalarga erishish anashu bo`g`inlarni holati va rivojlanish darajasiga , ularning o`zaro uyg`unligiga bog`liqdir.
o`zbekiston Respublikasining ta`lim to`g`risidagi qonuni xamda ’’Qadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, hakli, vositalari hamda prinsplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
”Ta`lim to`g`risida” gi Qonunning 7- moddasida belgilab berilganidek, ”Davlat ta`lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan ta`lablarni belgilaydi. Davlat ta`lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”.
o`zbekiston Republikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ”Davlat ta`lim standarti to`g`risidagi Nizom”ga binoan umumiy o`rta ta`lim, shu jumladan, boshlang`ich ta`lim boshqichi uchun xam alohida alohida davlat ta`lim standartlari talablari va me`yoriy ko`rsatkichlari belgilab qo`yildi.
”Ta`lim to`g`risida”gi qonunda ta`kidlanganidek; ”Maktabning birinchi sinifiga bolalar olti, yetti yoshdanqabul qilinadi. ”Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi”da e`tirof etilganidek, olti yoshga to`lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan maktabda o`qish uchun tayyor bo`lganida, maktabning moddiy- texnik ba`zasi bunday bolalarga ta`lim berish uchun yetarli dep hisoblanganda xamda o`qituvchi pedagagik hamda psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o`qitishga tayyor bo`lganda ularni maktabga qabul qilish mumkin. Buning uchun olti, yetti yoshli bolalar, maktabning moddiy- texnik bazasi hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik talablar asosida qat’iy diagnostik qilinishi shart ”.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchining ona tili ta’lim ohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart asosida aks ettiriladi: o’qish texnikasi,o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O’qish texnikasi bolaning savodxonlik, yozma nutq belgilarini, talaffuzda ifodalash ko’nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan.
Bu parametr orqali o’quvchining notanish bo;lgan matnni ifodali o’qiy olish ko’nikmasi aniqlanadi. Bu miqdoriy ko’rsatkich sifatida ifodali o’qish tezligi,ya’ni berilgan matndan minutiga nechta so’z o’qiy olish ko’rsatkichi belgilangan. Sinfdan sinfga o’tish,miqdoriy ko’rsatkichdagi belgilar soni oshishi
bilan birga, berilgan matnni o’qishdagi talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib boradi.
Matn mazmunini anglash, o’zgalar nutqini eshitish va fikrini anglash malakasi o’quvchining og’zaki bayon qilayotgan o’zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametrning ko’rsatkichlari o’quvchi 10 minutda qancha sahifa matnni o’qishi, o’zgalar fikrni va matn mazmunini anglash hamda uni og’zaki qayta bayon qilish darajasini aniqlaydi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo’lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o’quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo’yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o’qituvchi tomonidan quyidagi ko’nikmalarning darajasi aniqlanadi:

  • fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;

  • mavzuning murakkablik darajasi;

  • tavsifning mavzuga muvofiqligi va mukammalligi;

  • tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;

  • imloviy (yozma) savodxonlik.

Mazkur standart mezonlarining o’zaro uzviy bog’liqligi (integratsiya)ni nazarda tutib,o’qish ona tili ta’limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omil hisoblanadi.
O’qish texnikasi
Miqdoriy ko’rsatkich –minutiga 40-50 so’z.
Talablar:

  1. tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish;

  2. so’zlarni to’g’ri o’qish;

  3. gap ohangiga rioya qilgan holda obrazli va ravon o’qish;

  4. gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;

  5. sanash va ajratish ohanglaridan foydalanish;

  6. 10 ta she’rni yoddan bilish,ertak,topishmoq,maqol,qo’shiqlarni bir-biridan farqlay olishi lozim.

Matnning xarakteri:
sodda,ravon,nasriy,nazmiy bolalar adabiyoti namunalari.
O’zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi.
Miqdoriy ko’rsatkich: 10 minutda 1-1.5 sahifa
Talab:
og’zaki nutqning to’g’ri va ravon bo’lishi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko’rsatkich: 35-40 so’zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:

  1. imlo xatolarga yo’l qo’ymaslik;

  2. ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

Diktant turlari: lug’at diktant, yoddan yozuv diktant,nazorat diktanti.
Miqdoriy ko’rsatkich;3-4 gapdan iborat kichik va sodda matn yaratish.
Talabtal:

  1. matndagi gaplarning mazmunan o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi,ko’rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;

  2. harflar va tinish belgilarini to’g’ri yozish;

  3. so’z va gaplarni to’g’ri yozib, tinish belgilarini o’rniga qo’ya olish.

Matn xarakteri:
rasm,manzara,o’quvchiga tanish narsa.

Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish