Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
150-mashq. Rasmlarga qarang. So‘roqlarga javob bering.
Kim? Kim? Kimlar? Kimlar?
Avval kim? so‘rog‘iga, so‘ngra kimlar?
so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.
Kim? ... .
Kimlar? ... .
Qaysi so‘zlar nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
151-mashq. Rasmlarni ko‘rib chiqing. So‘roqlarga javob bering.
Avval nima? so‘rog‘iga, keyin nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.
Nima? ... .
Nimalar? ... .
Birdan ortiq shaxsni bildirgan so‘zlar k i m l a r ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Birdan ortiq narsani bildirgan so‘zlar nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
152-mashq. O‘qing. Kimlar? yoki nimalar? so‘- rog‘ini berib, ko‘p shaxs va narsani bildirgan so‘zlarni aniqlang.
Suv — tiriklik manbayi. Undan odamlar, hayvonlar, qushlar, bog‘lar, ekinzorlar bahra oladi. Borliq yashnaydi.
Bolalar, suvdan tejamkorlik bilan foyda- lanishni o‘rganing.
Yozing. Kimlar?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing.
153-mashq. 0‘qing. So‘roq berib, shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlarni aniqlang.
Kishilar qalam, ruchka, o‘chirg‘ich soladigan quticha o‘ylab topganlar. Unga «qalamdon» deb nom qo‘yishgan. O‘quvchilar unda yozuv qurollarini saqlaydilar.
Gaplarni yozing. Kimlar? va nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |