2-Sinf Atrofimizdagi olam Mavzu: O’lkamizda yoz O’tilgan mavzuni mustahkamlash



Download 4,28 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi4,28 Mb.
#234709
Bog'liq
Tabiatshunoslik slayt


Buxoro davlat universetiti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 2-kurs talabasi Xakberdiyeva Mohinurning Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi fani uchun 2-sinf atrofimizdagi olam fanidan “O’lkamizda yoz” mavzusida tayyorlagan slaydi.

2-Sinf

Atrofimizdagi olam

Mavzu: O’lkamizda yoz

O’tilgan mavzuni mustahkamlash


Qanday joylarga shahar deymiz?

Shaharlarda odamlar nima bilan shug’ullanishadi??

Qishloqlarda kishilar qanday ishlarni bajarishadi?

Siz ham ko’kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etganmisiz?



O’lkamizda yoz

Bizning Vatanimizda may oyining o’rtalaridan havo yozdagidek issiq bo’ladi. Yozda yomg’ir juda kam yog’adi.

Dalaga erta ekilgan sabzavot ekinlari, handalak, bodring, pomidor yetiladi.

Mevalardan qulupnay, o’rik, gilos, ertangi olma pishadi.

Maktablarda o’qishlar yakunlanib, o’quvchilar yozgi ta’tilga chiqishadi

Bolalar dam olish maskanlari, sog’lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar.

Iyul oyida bug’doy yig’ishtirib olinadi.

Yoz kuyungan, qish suyunar.

Yoz mevasi - qish xazinasi

Yozgi harakat-kuzgi barakat.

Yozning yozig’i-qishning ozig’i.

To’kinlikda noz-ne’mat,

Qaysi fasl, ayt, Hikmat ?

(yoz)

Yoz fasliga oid topishmoqlar

Uzoq tog’da o’t yonar

(quyosh)

Sharqdan bosh ko’tarar u,

Har tong sog’inar bizni.

Ko’rrmasak turolmaymiz

Olov yuzli qirmizli.

(quyosh)

Quyosh qizitadi,

Issig’ida hamma kuyadi,

Bu qaysi oy hoy Odil

Yozning o’rtasi - (iyul)

O’tilganlarni mustahkamlash uchun mashqlar

Yozda ob-havo qanday bo’ladi?

Bahorning oxiri va yozning boshlarida qaysi mevalar pishadi?

O’quvchilar yozda qayerlarda dam olishadi?

Topshiriq



Siz yashaydigan joyda may oyida qanday mevalar pishishini aniqlang va ular nomini”Ish daftari”ngizga yozib qo’ying.
Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish