3. Juft sifatlar ikkita so‘zning teng bog‘lanishi asosida tuzilgan sifatlardir. Juft sifatlar tarkibi har ikkiala qismi lug‘aviy ma’noli yoki bir qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilishi mumkin.
Har ikkala qismi lug‘aviy ma’noli so‘zlardan tuzilgan juft sifatlar quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: 1) turli antonim so‘zlardan tuziladi: a) tub so‘zlardan: olis-yaqin, og‘ir-yengil, oq-qora, past-baland\\baland-past, yaxshi-yomon\\yomon-yashi, yosh-qari, katta-kichik, o‘ng-ters; b) tub va yasama so‘zlardan: uzun-qisqa, haq-nohaq, huda-behuda; d) yasama so‘zlardan: kerakli-keraksiz, qo‘lli-oyoqli, issiq-sovuq. 2) sinonim so‘zlardan tuziladi: och - nahor, ola - chipor, soya - salqin,
o‘ydim-chuqur, puxta-pishiq, uzuq-yuluq, mo‘min-qobil, xor-zor.
Bir qismi lug’aviy ma’noli, ikkinchi qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi: bo‘sh-bayov, xom-xatala, chala-chulpa, eski-tuski, egri-bugri, yarimta-yurimta, achchiq-tizziq.
Har ikkala qismi yolg‘iz holda ma’no anglatmaydigan so‘zlardan tuziladi: uvali-juvali, dalli-g‘ulli, ikir-chikir, ayqash-uyqash.
Juft sifatlar chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. Biroq ular orasida –u, -yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida ishlatilganda chiziqcha tushiriladi: halol-harom\ halol-u harom, issiq-sovuq\ issg‘-u sovuq, sog‘-salomat\sog‘-u salomat.
4. Takroriy sifatlar bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: baland-baland, mayin-mayin, shirin-shirin. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil, limmo-lim. Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.
Sifat. Sifatning ma'nosi va grammatik belgilari
Predmetning belgisini bildiradigan so'zlar turkumi sifat deyiladi. Sifat qanday? qanaqa? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi.Sifat belgi sifatida predmetning rangini (oq, qizil, ko'k, sariq). shakl ko'rinishini (yumaloq, yapaloq, yassi, uchburchak), hajm o'lchovini (tor, keng, katta, kichik), maza-ta'mini (shirin, nordon, mazali), sifatini. xususiyatini(oddiy, kamtar, dono, aqlli, tadbirkor), xarakterini (ziqna, xasis, bosiq, sho'x, ko'ngli ochiq), o'rin yoki vaqtga bo'lgan munosabatini (uydagi, kuzgi, bahorgi, kechki) ifodalaydi.
Sifat narsa-hodisadagi, predmetdagi belgini bildirgani uchun gapda doimo ot bilan bog'lanib keladi: keng xona, yaxshi joy, qizil olma, moviy ko'l kabi.
Sifatlar o'ziga xos morfologik xususiytlarga ega. Sifatning muhim morfologik belgisi, predmet belgisining boshqa predmet belgisiga qiyoslab darajalab ko'rsatishidir. Shu boisdan sifatlarda boshqa turkumlardan farqli ravishda daraja, ozaytirma va kuchaytirma shakllar mavjud. Shuningdek, sifatlar so'z yasovchi, shakl yasovchi qo'shimchalar tizimiga ham ega.
Sifatlar gapda asosan. sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi. Og'ir tabiatlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishgan qora ko'zlik mutanosib qarashlik va endigina murti sabz urgan yigit (A.Qod.) Hol va kesim vazifalarida keladi:.Mag'rur holda cho'ntagidan bitta o'n so'mlik chiqarib, bo'lingan to'p ustiga tashladi. (F. Mai.) Chodirning ichi o'rdaday keng tagiga somon va poxol to'shalib ustiga brezent tashlangan. (O.Yo.)
Sifatlar otlashganda ega, qaratqichli aniqlovclii, to'ldiruvchi vazlfalarida keladi: Mard maydonda bilinar. (Maqol.) Kattaning kichigi bo'lguncha, kichikning kattasi bo'l. (Maqol.) Yaxshini yaxshi deydilar. (Maqol.) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |