2-шўъба - Миллий университетдан етишиб чиққан атоқли олимлар, давлат ва жамоат арбоблари.
Markaziy Osiyoda yagona sanalgan , Respiblikadagi eng nufuzli oliygoh hisoblanmish Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti fan sohasidagi ko’plab buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan . Taniqli jamoat va davlat arboblarini olim-u akademiklarni yetishtirib bergan . Shular orasidan Ijtimoiy gumanitar , Falsafa sohasidagi olimlar va ularning faoliyatiga to’xtalib o’tsak :
Saʼdulla Аbdullaevich Yo’ldoshev 1936-yili Toshkentda tavallud topgan.
1960-yili Toshkent Davlat universiteti Sharq fakultetining Hind bulimini tamomlagan.
1964-1966 yillar Falsafa va huquq institutining kichik ilmiy xodimi bo’lib ishlagan.
1971-1979-yillarda Falsafa tarixi kafedrasining katta o’qituvchisi, dotsent lavozimida faoliyat ko’rsatgan.
1971-yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Shundan so’ng ma’lum vaqt Oʼzbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining Falsafa tarixi va mantiq kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan.
Shunga qadar 60 dan ortiq ilmiy ishlar (jumladan, 12 tasi chet elda chop etilgan), ko’plab o’quv qo’llanmalari, monografiyalar va uslubiy ishlarga mualliflik qilgan .
2001-2002-yillarda chop etilgan «Аjdodlarimiz merosi mafkuramiz gavhari» va «Yangi va eng yangi davr G’arbiy Yevropa falsafasi» nomli o’quv qo’llanmalarining muallifi . 1996-yili Xalq taʼlimi aʼlochisi, 2000-yili Oliy taʼlim aʼlochisi ko’krak nishonlari bilan mukofotlangan.
O’zbekiston milliy universitetining yana bir faylasuf olimi Mirjalol Oqilovich Usmonov 1939-yili Toshkentda tavallud topgan. 1958-yili Toshkent Davlat universiteti Sharq fakultetining arab filologiyasi bo’limiga o’qishga kirib, uni 1962-yili tugatgan. 1962-1964-yillarda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Аbu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining kichik ilmiy xodimi lavozimida ishlagan.
1964-1967 yillarda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va Huquq institutining aspiranti bulgan. 1969-yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1970-yildan 1979-yilga qadar Falsafa bo’limining Falsafa tarixi kafedrasida, 1979-yildan 1990-yilgacha Falsafa va iqtisod fakultetining Falsafa tarixi kafedrasida, soʼngra Falsafa tarixi va mantiq kafedrasining dotsenti lavozimida ishlagan .
Markaziy Osiyo falsafa tarixi masalalari bo’yicha monografiya va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. U falsafa tarixi buyicha ikkita o’quv qo’llanmasining hammuallifidir. 2000-yili M.O. Usmonov Oliy taʼlim aʼlochisi nishoni bilan mukofotlangan.
Xuddi shunday olimlardan yana biri Raxmat Rahmonovich Karimov 1961-yilda Toshkentda tavallud topgan .
1978-yili Toshkent Davlat universiteti Falsafa bo’limiga o’qishga kirib, uni 1983-yili imtiyozli diplom bilan tugatdi.
1988-yili Toshkent Davlat universiteti Falsafa kafedrasi qoshidagi aspiranturani tugatib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
R.R. Karimov 1989-yildan shu kunga qadar falsafa fakultetining falsafa tarixi va mantiq kafedrasida dotsentlik lavozimida ishlab kelmoqda.
R.R. Karimov "Основы философии" darsligining hammuallifi (1998), "Yangi va eng yangi davr Garbiy Yevropa falsafasi" o’quv qoʼllanmasining hammuallifidir.
Yana shunday olimlardan biri Narzulla Kosimovich Juraev 1952 yili Buxoro viloyatida tug’ilgan. 1977 yili OʼzMU jura nalistika fakultetini bitirgan. Turli yillarda qator ommaviy axborot vositalarida faoliyat koʼrsatgan. 1993-2004 yillar davlat hokimiyati organlarida ishlagan. Аyni payt- da OʼzDJTUda kafedra mudiri, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jami- yat qurilishi akademiyasida boʼlim boshlig’i boʼlib xizmat qilmoqda. Siyosiy fanlar doktori, professor. Yirik siyosatshunos va jamiyatshunos olim N. Joʼraev mustaqillik tarixi, milliy g’oya va istiqlol falsafasiga doir 40 dan ortiq risola, monografiya, darslik va qoʼllanmalar, 250 dan ortik ilmiy maqolalar muallifi. Uning bir qator darsliklari rus, qozoq, qirg’iz, turkman, tojik va qoraqalpoq tillarida chop etilgan. Qoʼlingizdagi monografiya olimning Oʼzbekistonda kam oʼrganilgan tarix falsafasi sohasidagi yirik tadqiqot ishidir.
Ma’lumki universitetimiz ilmning turli jabhalarida faoliyat ko’rsatgan olimlar qatorida bir necha ayol olimalarni ham yetishtirib bergan shulardan biri Muxammadiyeva Oynisa Mustafakulovna 1970-yil 17-fevralda Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida tug’ilgan. 1990-yil Oʼzbekiston Millliy universitetini tamomlagan. Oʼzining ilmiy pedagogik faoliyatini 1996-yil Oʼzbekiston Milliy universitetining "Fakultetlararo falsafa" kafedrasida boshladi. 1996-yillarda Oʼzbekiston Milliy universiteti falsafa fakultetining kunduzgi aspiranturasini muvaffaqiyatli tamomladi.
Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Milliy g’oya kafedrasi dotsenti. U Mirzo Bedilning falsafiy merosini, axloqiy qarashlarini chuqur oʼrganib, uni yosh avlod, komil inson tarbiyasidagi rolini oʼrganib, ular asosida 60 dan ortiq ilmiy maqolalar eʼlon qildi.
2008-yilda falsafa fanlari doktori, professor H.А. Аliqulov rahbarligida "Mirzo Аbdulqodir Bedil falsafasida axloqiy qadriyatlar masalasi " mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli tamomlab, falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.
O.Muxammadievaning shu kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy ishlari eʼlon qilgan .
Falsafa sohasiga o’zining munosib xissasini qo’shgan olimlardan yana biri Xujaev Muminjon Isoxonovichdir. Samarkand viloyati , Samarkand tumani Bog’izogon maxallasida 1981-yil 7-mayda tug’ilgan. 2007-2009 yillari Oʼzbekiston Milliy universiteti magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Mutaxassisligi - faylasuf.
Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Milliy g’oya kafedrasi oʼqituvchisi.
Shuningdek, hozirda Faxriddinxoʼja Аshrafxoʼjaev rahbarligi va tashabbusi bilan 1991-yilda tashkil etilgan "Xalqaro Аmir Temur ilmiy ekspeditsiyasi"ning ilmiy rahbari hamdir .
50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Shu jumladan, 5 ta monografiya, 2 ta oʼquv qo’llanma, 6 ta uslubiy qoʼllanma, shuningdek, АQSh, Fransiya, Ukraina va Rossiya Federatsiyasida ilmiy maqolalari chop etilgan. 2 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman hamda ilmiy-nazariy seminar tashkilotchisi.
2010-yil oktyabr hamda 2015-yil oktyabr oylarida Boshqirdistonning Ufa shahrida 2 ta Xalqaro simpozium va konferentsiyalarda qatnashib, Rossiya fanlar akademiyasi Ufa ilmiy markazida maʼruza kilgan.
2010-2011-o’quv yillarida fakultet "Yosh olimlari" kengashi masʼulligida Taʼlim: fan va innovatsiya" nomli konferensiyani tashkil etgan va oʼtkazgan.
Ushbu fan arboblari nafaqat O’zbekiston milliy universiteti uchun balik butun Vatanimiz uchun faxr sanaladi . Ularning ilmiy merosini o’rganish kelajak avlodga tadbiq qilish barchamizning birdek vazifamizdir . Zero fan cheksiz ilm esa yuksakdir .
Rajabboyev Ravshanbek
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Falsafa (tizimli tahlil va
mantiq) yo’nalishining talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |