2-seminar mashg`uloti
Mavzu: Savod oʻrgatish tayyorlov davri oʻqish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish
Seminar mashg’ulotini olib borish texnologiyasi
1. Tayyorgarlik davri - o’quvchilarni o’qishga o’rgatish uchun zamin.
2. O’quvchilarni tovush bilan tanishtirish yo’nalishlari.
3. O’qishga o’rgatishda qo’llanadgan didaktik vositalar.
4. “Blum taksanomiyasi” yuzasidan talabalar bilimini boyitish.
Taksonomiya bosqichlari
|
Savol va topshiriq namunalari
|
Bilim
|
Ertak nomini izohlang.
Ertakning bosh qahramonlarini sanang.
Ertakda tasvirlangan voqealarni bayon eting.
|
Tushunish
|
Ertak shunday tugallanganligi sababini sharhlang.
Chol (qariya) timsolining ertak syujetidagi o’rnini tushuntiring.
“Umringni uzoq qilsin, baxtimdan o‘rgilayki, senday farzandim bor. Lekin akalaringdan kuydim. Ularning mehnat qilishga bo‘yni yor bermaydi, o‘qib, ilm olib, odam bo‘linglar desam, gapimga quloq solishmaydi” tasvirini tushuntiring.
Shundan keyin nima bo’lishini chamalang.
Bu tasvir nimani anglatishini o’z so’zlaringiz bilan ayting.
Ertakning qisqacha mazmunini bayon qiling.
|
Qo’llash
|
Ertak voqealarini o’zingizga nisbat berib ko’ring.
Cholning savoliga o‘g‘illarining bergan javobini solishtiring.
Uchinchi o’g’il bilan suhbatlashib ko’ring.
|
Tahlil (analiz)
|
Sakkiz o’g’ilning xatti-harakatlari sababini izohlang.
O’g’illarning nega shunday yo’l tutganligini sharhlang.
Qiz va o’g’illarning ilmga munosabatini o’zaro solishtiring.
Timsollarning tabiati bilan ularning xatti-harakatlarini qiyoslang.
Ilmning afzalligi cholning farzandlariga qanday ta’sir qilganini tushuntiring.
|
Umumlashtirish (sintez)
|
Ertak tugallanishini o’zgartiring.
O’zingizni qahramonlarning o’rniga qo’yib ko’ring.
Ertak mavzusi bo’yicha she’r to’qing..
|
Baholash
|
Ertak yakunini baholang.
Ertak qahramonlarini oqlang yoki qoralang.
Ertak xotimasi hayotiy yoki aksinchaligini isbotlang.
|
Savol va topshiriqlar:
O’qishga o’rgatishning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun unga qanday va qachon zamin tayyorlanadi?
Tayyorlov davrida o’quvchilar nutqi ustida ishlash uchun foydalaniladigan mtodlardan 2 tasini tadqimot tarzida yoriting va uni tinglovchilarga tushuntirishga tayyorlaning.
Shunday metod tanlangki, uni savod o’rgatish tayyorlov davri “Alifbe” darslarida qo’llash va samarali natija olish mumkin bo’lsin. Tanlagan metodingiz haqida kichik taqdimot (nazariy qismini) tayyorlang.
“Kubiklar” usuli qanday usul? Mazkur usuldan savod o’rgatish tayyorlov davrida qanday foydalanish mumkin? Ma’lumotlaringizni taqdimot va ko’rgazmalardan foydalangan holda yoriting.
Adabiyotlar:
K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o`qitish metodikasi. T., Nosir, 2009.
R.Safarova, M.Inoyatova. Alifbe. “Kolorpak” bosmaxonasi. Toshkent-2021.
www.edu.uz
www.tdpu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |