Qarshilik usulda issiqlik ishlovi berish o‘tkazuvchan materiallardan tok oqib o‘tish oqibatida issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. Ushbu usul Djoul - Lens qonuniga asoslangan bo‘lib, bevosita va bilvosita issiqlik ishlovi berish qurilmalarida qo‘llaniladi.
Induksion usulda issiqlik ishlovi berish qizdirilayotgan materialda uyurma toklar hosil qilish oqibatida elektromagnit maydon energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga va Djoul - Lens qonuni asosida issiqlik ajralib chiqishiga asoslanadi.
Dielektrik usulda issiqlik ishlovi berish yuqori chastotadagi elektr maydoniga kiritilgan tok o‘tkazmaydigan yoki yarim o‘tkazgich metallarda va polyarizasiya natijasida hosil bo‘luvchi siljish toklari vujudga kelishiga asoslangan.
Elektr yoyi hisobiga issiqlik ishlovi berish usulida materiallarga elektrodlar orasida hosil qilingan issiqlik energiyasi hisobga tegishli issiqlik ishlovi (yoy yordamida metallarni kesish, ulash, eritish va hokazo) beriladi.
Elektron va ionli -nurli qizdirish usuli elekr maydoni ta’sirida tezlanish olgan va tez harakatlanayotgan elektronlar va ionlar o‘zaro to‘qnashishlari natijasida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Plazmali qizdirish usuli yoy razryadi muhitidan yoki yuqori chastotali elektromagnit yoxud elektr maydonidan gazni o‘tkazish oqibatida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Lazer yordamida issiqlik ishlovi berish lazerlarda ya’ni optik kvant generatorlarida hosil qilingan yuqori konsentrasiyadagi yorug‘lik energiyasi oqimlarini qizdiruvchi yuzalar tomonidan o‘zlashtirilishiga asoslangan. Elektryuritmalarni boshqarish tizimlari ta’sir ko’rsatishning ochiq yoki yopiq zanjirlariga bo‘linishi mumkin. Ochiq ta‘sir ko‘rsatuvchi zanjir tizimida teskari aloqa bo‘lmaydi, shu sababli u yoki bu sabab bilan belgilangan qiymatlaridan og‘gan chiqishdagi parametrning qiymatlari qanday bo‘lishligidan 82 qat‘iy nazar, kirishdagi boshqaruvchi signal o‘zgarmay qolaveradi. Misol sifatida, o‘zgartirgich O‘dan oziqlanib, tarkibiga bajaruvchi organ BO va kinematik aloqa (KA) ni olgan mexanizmni harakatga keltiruvchi dvigatel M ni olib ko‘rish mumkin (13.2- rasm). CHiqishdagi o‘zgaruvchi bo‘lib, odatda, mexanizmning BO nini tezligi, yoki siljishi xizmat qiladi; unda mexanizm bilan dvigatel o‘rtasida dag‘al aloqa mavjud bo‘lganda, dvigatel rotorni og‘ish burchagini yoki tezligini rostlaydi. Ayni bir paytda, tizimning boshqa o‘zgaruvchilarini, masalan yakor yoki stataor tokini, o‘zgartirgichning kuchlanishini va chastotasini, dvigatelning qo‘zg‘alish tokini va hokazo nazorat qilish imkoniyati ham mavjud bo‘lishi mumkin. O‘zgartirgich O‘ chiqishi rostlanuvchi energiya manbasini ifodalaydi. O‘zgarmas tok EYU si uchun bu o‘zgartirgich–chiqishidagi kuchlanishni rostlovchi o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beruvchi o‘zgartirgichdir. O‘zgaruvchan tok EYU si uchun esa chastota bilan bir qatorda kuchlanish ham o‘zgarishi mumkin bo‘lgan chastota o‘zgartirgich sanaladi. o‘zgartirgich, dvigatel va mexanizm asosiy vazifasi elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan iborat bo‘lgan elektromexanik tizimning kuch qismi tashkil etadi. O‘zgartirgichga, dvigatelga va mexanizmga oziqlantirilayotgan tarmoqning kuchlanishini yuklama momenti o‘zgarishi sifatida qo‘zg‘atuvchi ta‘sir keladi. Bu qo‘zg‘atishlar chiqish koordinatasini oldindan yozib qo‘yilgan qiymatlaridan og‘ishiga sababchi bo‘ladi. Bu og‘ishlarning qiymatini statikada va uning xarakterini dinamikada berilgan qiymatlarda aniqlash o‘zgartirgichning, dvigatelning va mexanizmning parametrlari orqali bajariladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
1.U.Ibrohimov., Elektr mashinalari. Toshkent “O`qituvchi” 2001.
2.O.O.Hoshimov., S.S.Saidahmedov., Elektr yuritma asoslari. Toshkent – 2007.
3.B.B.Mavlonov., Y.D.Xoliqov., Elektronika asoslari (fanidan ma`ruzalar matni). Qarshi – 2006.
4.A.J.Karshibayev., N.O.Ataullayev., B.Sh.Narzullayev., Energiya tejamkorligi asoslari. Navoiy -2019
5.www.ziyonet.uz
6.www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |