Asar bilan tanishtirishni saxnalashtirish va rollarni taqsimlash.
Ishni asar tanlash, uni tasdiqdan o‘tkazish, bolalar bilan asarni to‘laqonli taxlil qilish, rassom bilan asar dekoratsiya va qo‘g‘irchoqlarni eskizini tayyorlash va tasdiqlashdan iborat. Shuningdek tayyor eskizlarni qo‘g‘irchoq yasash ustaxonasiga ularni tayyorlash uchun topshirish zarur bo‘ladi. Shunday qilib, bolalar uchun tanlangan asar yaxshi dramaturgiyaga asoslangan zamon talabiga javob bera oladigan, chuqur g‘oyali bo‘lishi kerak. Albatta spektakl bolalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Asarning eng asosiy tomonlaridan biri spektaklda bolalarning ijodiy imkoniyatlarini to‘laqonli ochib bera oladigan turli xil xarkaterli obrazlar bo‘lishi shart. Chunki to‘garakda ta'lim olayotgan har bir bola o‘zining ijodiy tomonlarini ocha oladigan obrazga ega bo‘lmog‘i darkor. Demak spektakl yaratishda rejissyor rassom qo‘g‘irchoq ustasi kompozitor va butaforlar hamkorlikda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |