Hayvonlar ovozi va ular hatti-harakatlari.
“Hayvonlar hiyoboni” mashqini oladigan bo‘lsak, bu yerda shart-sharoit “yaylov”. Demak, erta tong. Ertalab uyg‘ongan har bir jonzot xoh u qush bo‘lsin, xoh u echki yoki yumronqoziq - birinchi navbatda uyg‘onib o‘zini o‘rab turgan shart-sharoitni ko‘radi. So‘ng uni baholaydi. Uning atrofini o‘rab turgan borliqqa o‘z munosabatini bildirib, so‘ng xatti-harakat qilishga o‘tadi.
“Hayvonlar hiyoboni” mashqidagi quyon o‘ziga yegulik biror nima izlab yurganda unga hamla qilmoqchi bo‘lgan bo‘rini ko‘rib, jon saqlash uchun yashirinib oladi. Echki bolasi o‘yinqaroqlik qilib onasidan uzoqlashib qolganini anglab, bor ovozi bilan onasini “belab” chaqiradi. Uning tovushini eshitgan ona echki yugurib kelib bolasini o‘zidan uzoqlashgani uchun uni koyib, o‘zi bilan olib ketadi. Ochilgan lolalardan guldasta tergan yumronqoziq gullarni qiziga sovg‘a qiladi va h.k.lar. Bu mashqda bolalar quyon, bo‘ri, echki, yumronqoziq kabi hayvonlar xatti-harakatini, ovozini o‘zi bajarayotgan plastik harakatining mantiqidan, badanining harakatchanligiga moyilligidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri, aniq maqsadli harakat qilishga o‘z tanasini o‘rgatmog‘i lozim. Albatta bolalar aynan shu hayvon yoki parranda u o‘ylab topgan shart-sharoitga o‘z munosabatini qanday bildirgan bo‘lar edi va uning harakati nimaga asoslanganini aniq bilgandagina hatti-harakatga o‘tiladi.
To‘garak a'zolari yorqin va kuchli tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Uning tasavvuri asosli hamda puxta o‘ylab topilgan, o‘zi o‘qigan, hayot kuzatishlaridan, to‘plagan bilimlariga asoslangan bo‘lmog‘i darkor. Bolalar tasavvurini rivojlantirish va uni ishlay olishi uchun tinmay o‘qish, hayotni o‘rganish, tabiat va jonzotlarning xarakterini ularning munosabatlarini, plastikasini, insonlarning xulq-atvorini, har xil sharoitlarda o‘zini tutishini, kasb-korini hayotda tutgan o‘rni va mavqyeiga qarab o‘zgarishini va h.k.larni kuzatib o‘rganish va bu bilim xazinasidan ijod paytida unumli foydalanishi kerak.
Qo‘g‘irchoq teatrini saxnalashtirishda bolalar ruhiyati e'tiborga olinib rang-barang obrazlar yaratiladi. Demak, qo‘g‘irchoq teatri aktyori faqatgina tasavvurga emas, balki kuchli fantaziyaga ham ega bo‘lishi shart. Fantaziya bu yo‘q narsani, voqyealikda uchramaydigan voqyea, hodisalarni, hyech qachon bo‘lmagan va bo‘la olmaydigan narsalarni yaratadi. Fantaziya aynan qo‘g‘irchoq teatri aktyori uchun kerakli jarayon hisoblanadi. Chunki qo‘g‘irchoq teatri sahnasida hyech qaysi teatrda bo‘lmaydigan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqyea va hodisalar sodir bo‘ladi.
Bir so‘z bilan aytganda qo‘g‘irchoq teatrida tasavvur bilan fantaziya bir-biriga bog‘langan holda aktyor ijodiga yordam beradi.
Topshiriqlar:
1. Qo‘g‘irchoqlarni o‘ynatishda qo‘l harakatiga mashq qildirish.
2. Asar bilan tanishtirish va rollarni taqsimlashda individual xususiyatlarni inobatga olish.
3. Qo‘g‘irchoqlar ovozini taqlid qildirishga mashq qildirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |