Qo‘g‘irchoqlar ovozi.
Qo‘g‘irchoq teatrida sahna jihozlari va butaforlar soxta bo‘lmay, balki aktyorning qo‘lidan qo‘g‘irchoq ham har xil matolardan yasalgan jonsiz personajdir. Aktyor tomoshabinlar ko‘z o‘ngida qo‘g‘irchoqni harakatga keltirib, uni o‘zi sahnada o‘rab turgan jonsiz narsalarni ko‘rishga, sezishga va his qilishga olib keladi. Bu esa aktyorning qo‘g‘irchoqqa sahna, jihoz va anjomlarga ishonch bilan qarab, ular bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kerakligini ta'kidlaydi. Qo‘g‘irchoq bilan ishlash jarayonida esa, qo‘g‘irchoqning o‘zi jonsiz mato bo‘lsa, uning predmet bilan ishlash jarayoni ham jonsizlikni tug‘diradi. Shuning uchun u sahnada jonli, aniq mantiqqa moyil harakat qilishi uchun aktyor hatti-harakatini ichki ko‘zguda aniq ko‘rib, so‘ng uni qo‘lidagi qo‘g‘irchog‘iga mantiq va me'yor qonuni asosida ko‘chiradi. Shunda qo‘g‘irchoqning plastik hatti-harakati jonli kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |