1. 1.1-rasmda ko'rsatilgan elektr zanjirni yig'aylik. Kalitni ulasak, lampochka
ravshan yonadi, ampermetr nisbatan kattagina tok o’tayotganini ko'rsatadi. Kalitni uzaylik. Uzunligi 1,5-2 m bo'lgan nikelindan tayyorlangan o'tkazgich simni spiral shakliga keltirib, uni lampochkaga ketma-ket qilib ulaylik. Nikelin - bu mis, nikel va marganes aralashmasidan tayyorlangan qotishma. Kalit ulanganda lampochka xiraroq yonadi va amperrnetr zanjirdan o'tayotgan tokning kamayganligini ko'rsatadi. (2-rasm) Demak, nikelin sim zanjirdagi tokni kamaytiradi, ya'ni zanjirdan tok o'tishigaqarshilik qiladi. O'tkazgichning zanjirda tok o'tishiga qarshilik qilish xossasi elektr qarshilik deb ataladi va R harfi bilan belgilanadi.
2. R=p*I/S Birligi Georg Simon Om sharafiga (1Om) (1Ω)
3 R=R0(1+αt) temperatura o‘zgarishi bilan o‘tkazgichning qarshiligi o‘zgaradi.Masalan, metall o‘tkazgichlarning qarshiligi temperatura ko‘tarilishi bilan ortib boradi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: temperatura ortishi bilan kristall panjara tugunlarida joylashgan atomlar va ionlarning issiqlik tebranma harakati kuchayadi, natijada tebranish amplitudasi ortadi. Òemperatura qancha yuqori ko‘tarilsa,elektronlarning atomlar va ionlar bilan o‘zaro to‘qnashishi ham shuncha tez-tez sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, temperatura ortishi bilan elektronlarning tartibsiz harakati ham kuchayadi. Bularning hammasi o‘tkazuvchan elektronlarning tartibli harakatining susayishiga olib keladi, natijada tok kuchi kamayadi, qarshilik ortadi.
4 I=U/R zanjirning ma’lum bir qismidagi tok kuchi shu qismga qo‘yilgan kuchlanishga to‘g‘ri
proporsional va uning qarshiligiga teskari proporsionaldir. Bu qonunni Om 1827- yilda tajribada kashf etdi, shuning uchun uni olim sharafiga zanjirning bir qismi uchun Om qonuni deb ataladi.
I=E/(R+r) butun zanjir uchun Om qonunini ifodalaydi: zanjirdagi tok kuchi manbaning elektr yurituvchi kuchiga to‘g‘ri va zanjirning to‘la qarshiligiga teskari proporsional bo‘ladi.
5 Reostat (yun. rheos — oqim va statos — qoʻzgʻalmas) — elektr zanjiridagi tok yoki kuchlanishni rostlab turadigan qurilma. Asosan, faol qarshilikdan iborat; qarshilikni ravon yoki pogʻonali oʻzgartirish mumkin. Vazifasiga koʻra, R. ishga tushirish, ishga tushirishrostlash, rostlash va nagruzka, qarshilik; materialiga koʻra, metall, lampali, suyuqlikli va koʻmirli xillarga boʻlinadi
6 Solishtirma elektr qarshilik — uzunligi 1 m, koʻndalang kesim yuzi 1 m2 boʻlgan bir jinsli toʻgʻri silindrik oʻtkazgichning elektr qarshiligi. Metall va qotishmalarning koʻpchiligida bir necha Kelvin gradusi tartibidagi temperaturada Solishtirma elektr qarshilik q. sakrab nolga aylanadi va undan ham past temperaturalarda r=0 saqlanib qoladi. Bu hodisa oʻta oʻtkazuvchanlik deb ataladi. (p) harfi bilan belgilanadi.
7 RU=R1+R2 KETMA KET ULASH
PARALLEL
Do'stlaringiz bilan baham: |