2-qism Toshkent 2020 O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent farmatsevtika instituti


Narkotik, zaharli dori vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni, etil spirtini saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 0,82 Mb.
bet27/52
Sana04.04.2022
Hajmi0,82 Mb.
#528532
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

Narkotik, zaharli dori vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni, etil spirtini saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Narkotik, zaharli dori vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar, etil spirti alohida shart-sharoitlarga rioya qilingan holda saqlanadi. Narkotik, o‘ta zaharli dori vositalar maxsus seyflarda saqlanadi. Ushbu dori vositalar saqlanadigan xonalar yorug‘lik yoki tovush signalizatsiyasi bilan ta’minlanadi.


Narkotik vositalar, psixotrop moddalar, prekursorlar saqlanadigan seyflarning ikkitadan kaliti bo‘lishi lozim. Ularning biri javobgar shaxsda, ikkinchisi esa mudirda bo‘ladi. Narkotik dori vositalari saqlanadigan seyflarda ularni o‘lchash uchun qo‘l tarozilari, dori vositalarini tayyorlash uchun hovoncha, silindr, voronka bo‘lishi shart.
Prekursorlar saqlanadigan xonalarda tabiiy ventilyatsiya bo‘lishi lozim. Prekursorlar saqlanganda chang bilan ifloslanmaslik va boshqa choralarni ko‘rish kerak, aks holda portlash hodisasi ro‘y berishi mumkin. Etil spirti alanga oluvchi preparatlar qatoriga kirgani uchun uni og‘zi mahkam yopiladigan idishlarda yorug‘likdan himoya qilingan holda, salqin joylarda, alohida xonalarda saqlanishi kerak.
Smena tugagach, yuqorida qayd etilgan moddalar saqlanadigan xonalar yopilib, muhrlanadi yoki plombalanadi.


Laboratoriya va qadoqlash ishlari hisobini olib borish tartibi

Zahiralar bo‘limida bajarilgan laboratoriya va qadoqlash ishlari “Laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish daftari”da qayd etiladi. Bu daftarda laboratoriya ishi uchun berilgan dori vositalarining nomi, o‘lchov birligi, miqdori, bahosi, umumiy narxi bilan birgalikda tayyorlab, qadoqlab topshirilgan mahsulotlarning seriyasi, o‘lchov birligi, nomi, miqdori, bahosi, umumiy narxi, xom ashyo va tayyor mahsulotlarning narxlari orasidagi farqlar aks ettiriladi hamda ishni bajarib sifatini tekshirib, qabul qilib olgan shaxslarning imzolari qo‘yiladi.


Dorixonalarda xodimlarning ish faoliyatini yengillashtirish uchun oldindan konsentratlar, yarimfabrikatlar tayyorlanadi:
50% li glyukoza, 20% li natriy bromid, 20% li magniy sulfat, 10% li kaliy yodid, dimedrolning 1% li, bor kislotasining 2% li, natriy tiosulfatning 60% li, natriy xloridning 0,9% li eritmalari va hokazo.
Tayyorlanadigan konsentratlar, yarim fabrikatlar va dorixona standartlarining nomenklaturasi dorixona hududidagi “Dori-darmon” davlat aksionerlik uyushmasi va nazorat-analitik laboratoriyalar bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Tayyor dori vositalari bo‘limi har xil seksiyali shkaflar, stollar va peshtaxtalar bilan jihozlanadi, undan tashqari termolabil dori vositalari uchun muzlatgichlar, zaharli, narkotik dori vositalari uchun esa qulflanadigan temir seyflar bo‘ladi. Bo‘limni mudir va uning o‘rinbosarlari-oliy ma’lumotli farmatsevtlar boshqaradi. Ushbu bo‘limning asosiy vazifasi aholiga turli tayyor dori vositalarini vrach retsepti bo‘yicha savdo qilishdir.
Dorixonadagi dori vositalarini va boshqa tibbiyot buyumlarini retseptsiz beradigan bo‘lim ham kutish zaliga joylashtiriladi. U har xil to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘ladi. Retseptsiz savdo bo‘limini esa o‘rta ma’lumotli farmatsevt- assistenti boshqaradi. Bu bo‘limning vazifasi aholiga vrach retseptisiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, gigiyena buyumlari hamda boshqa tibbiyot mollari, bemorlar parvarishida ishlatiladigan buyumlar bilan savdo qilishdan iborat.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish