Mineral suvlar gidrogeologiyasi - shifobaxsh xususiyatga ega bo’lgan yer osti suvlarining paydo bo’lishi va ximiyaviy tarkibini, xosil bo’lishini, tarqalish xolatlarini aniqlash, zaxirasini xisoblash va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Radiogidrogeologiya - yer osti suvlarida radioktiv elementlarning hosil bo’lish qonunini, ularning yotish xolatlarini va siljish davomida radioaktiv elementlar miqdorini o’zgarishini aniqlash bilan shug’ullanadi.
Regional gidrogeologiya - yer osti suvlarining yer qobig’ining ma'lum bir regionlarida tarqalish, yotish xolati va hosil bo’lish qonunlarini, shuningdek ularning yer qobig’ining geologik strukturalari bilan bog’liqligini va xalq xo’jaligida bunday suvlardan foydalanish imkoniyatlarini o’rganadi.
Xozirgi vaqtda gidrogeologiya fanining yangi tarmog’i - texnogen gidrogeologiya, meliorativ gidrogeologiya, gidroseysmika tarraqqiy etmoqda.
Yer yuzasiga yoqqan yog’in uch qismga ajraladi: bir qismi yer yuzasidan oqib, oxiri dengizga borib quyiladi, ikkinchi qismi bug’lanib yana atmosferaga ko’tariladi, uchinchi qismi esa tog’ jinslariga singib ketadi va natijada yer osti suvlarini hosil qiladi. Bunday yo’l bilan hosil bo’lgan suvlar infiltratsiya (shimilish) suvlari deb ataladi. Yer osti suvlarini tabiiy va suniy yer usti suvlari tuyintiradi. Yer osti suvlari infiltratsiyadan tashqari, ya'ni yog’inlarning yer po’stiga singishidan tashqari, kondensatsiya yordami bilan xam hosil bo’ladi. Kondensatsiya deganda atmosferadan tuproqqa kirgan suv bug’ining suvga aylanish jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi xavo suv bug’iga tuyingan bo’lsa, xamma vaqt suv bug’i tuproqqa kira oladi. Tuproq xarorati pastroq bo’lsa, tuproqqa kirgan suv bug’i quyuqlashadi, kondensatlanadi, natijada suv hosil bo’ladi. Lekin suv bug’i suvga aylanayotganda issiqlik chiqadi, kondensatsiya jarayonining o’zi sovuq tuproq xaroratini ko’taradi va natijada suv bug’ining oxirigacha suvga aylanishini to’xtatib quyadi. Tog’ jinslarida suv bug’i to’planadi, bu esa ularning tuyinishiga olib keladi va jinslarda yuqori bosim hosil bo’lganda suv bug’i yana xavoga ko’tarilib ketadi. Demak, kondensatsiya jarayonining ikki tomoni bor: suv bug’ini tuproqqa singdiradi va undan chiqarib yuboradi. Yer osti suvlarining asosiy qismi yog’in suvlarining tog’ jinslari orasiga singishidan hosil bo’ladi. Yer osti suvi – bug’ xolatdami, suyuq xoldami yoki qattiq xoldami, baribir, kanday holda bo’lmasin, yer yuzasidan ostki qavatlarda joylashgan suvdir. Bunday suv turli tog’ jinslari qatlamlari orasida-granit, qumtosh, konglomerat va dolomitlar yorig’ida xamda karst bo’shligida; shag’al, qum, gil g’ovaklarida bo’lishi mumkin. Lekin xar xil jins suvni xar xil o’tkazadi. Masalan, gil, gilli slanetslar, argillitlar suvni juda yomon o’tkazadi, shu sababli ular amalda suv o’tkazmaydigan jinslar hisoblanadi. Umuman olganda yer osti suvlari bilan yer usti suvlari va atmosfera orasida bog’lanish bor. Yer osti suvlari quyidagi yo’llar bilan kamayadi: buloqlar orqali yer yuziga chiqadi, daryolar va ko’llarga oqib chiqadi, o’simliklarning ildizlariga surilib, barglari orqali bug’lanadi, tog’ jinslari zarrachalari orasidagi kapillyar naychalar orqali bevosita yer yuzasiga chiqib, bug’lanib ketadi, ximiyaviy yo’l bilan jinslar tarkibiga kiradi va kishilar o’z maqsadlari uchun turli xil yullar bilan surib oladi.
Tabiatda suv gruntlar tarkibida bug’, suyuq va qattiq xolatda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |