O`ZBEKISTON MUSTAQILLIK YO`LIDA
O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyunda bo'lgan XIV plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Partiya va sovet tashkilotlari, huquqni himoya qilish organlari viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga o'z vaqtida zarba bermadilar.
Farg'onada o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish ishlari buzilgan, poraxo'rlik, adolatsizlik, xizmat mavqeyini suiste'mol qilish avj olgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |