I. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.
Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qilad:
birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega;
ikkinchidan, baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
To’lov vositasi (almashinuv vositasi);
Qiymat o’lchovi vositasi.
Jamg’arish (boylik to’plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalga oshiriladi:
naqd pul to’lovi;
bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya’ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali;
bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |