Psixolog faoliyatining asosiy yo’nalishlari
|
Psixologning mijoz bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy topshiriq va vazifalarning rang-barangligi bilan belgilanadi. psixolog faoliyatiga nisbatan ijtimoiy buyurtma jamiyat talablari yoki aniqroq qilib aytganda uning ma`lum qismida shakllanadi ya`ni yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf qilishda mutaxassisning yordami zarur bo’lgan vaqtda ehtiyoj seziladi. Uning faoliyatining muhim va zaruriy jihati o’qituvchi shaxsini tushunishdir. Aynan shuning uchun psixologiya ta`lim sohasida rivojlangan. Lekin hozirgi kunda psixologiyaga har bir sohada zarurat tug`ilmoqda.
psixologiya biznes, reklama faoliyatida hamda boshqaruv sohasida faol rivojlanmoqda. Hozirgi kunda imidjmeyker, siyosatchilar, psixologlari bilan ishlash zarurati tug`ilmoqda. SHuning uchun mazkur sohalarda faoliyat yuritadigan psixologlarga ehtiyoj tug`ilmoqda. G.S.Abramova psixologik ma`lumotlari sirasiga buyurtmachi, mijoz, foydalanuvchi kabi tushunchalarni kiritadi. Uning fikricha, mazkur tushunchalar quyidagilarni anglatadi. Mijoz-bu o’zi yoki boshqa shaxslar haqidagi bilimlarni psixologga etkazadi. Shunga ko’ra u o’zining bu psixologik ma`lumotlarni tarkibi uchun javobgarlikni his qiladi. Buyurtmachi-psixologga psixologik ma`lumot uchun murojaat qiluvchi shaxs (o’zi, tashkilot yoki boshqa shaxslar haqida).
Foydalanuvchi-psixologdan psixologik ma`lumotlarni oluvchi shaxs.
Shuningdek, psixologik yordam, psixologik hamkorlik, psixologik qo’llab-quvvatlash va psixologik kuzatuv psixologning asosiy faoliyat yo’nalishlaridir. Psixologik yordam barqarordir. Bu tushunchaning tarkibi psixologning kasbiy faoliyatini asosiy yo’nalishlarini barchasida ya`ni psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorrektsiya, psixologik maslahat va psixoterapiyada namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra, ko’pincha psixologik yordam ko’rsatish deganda shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashishi va ijtimoiylashuv jarayonida qiyinchiliklarga duch kelganlarga yordam ko’rsatishi tushuniladi. Bunda psixologning vazifasi shifokorning vazifasiga o’xshab ketadi: bemorga dastlabki tashxisni qo’yish, inson hayot faoliyatini me`yorlashtirish, uni jamiyat hayotiga samarali kirib borishini ta`minlashdan iborat.
Yuqoridagilardan farqli ravishda 80-yillar o’rtalarida yangi yo’nalish paydo bo’ldi. Bu yo’nalishning asosiy g`oyasi “hamkorlik” tushunchasini olg`a surishdir. Yangi yo’nalishning mohiyati faqat muammosi mavjud insonlarga yordam ko’rsatish emas, balki psixolog barcha shaxslarga ularning rivojlanishlariga yordam ko’rsatishdan iboratdir.
“Hamkorlik” atamasi bilan deari bir vaqtda yordam tushunchasi ham paydo bo’ldi. Ta`lim psixologiyasi va ilmiy adabiyotlarda yuqoridagilarga bog`liq ravishda quyidagilar paydo bo’la boshladi ya`ni “Ta`lim jarayoniga psixologik yordam”, “Ta`lim muhitiga psixologik yordam”, “Bola shaxs rivojlanishiga psixologik yordam” shu kabilar.
|