Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo‘jaev, Bayburova, Raxmatova va boshqalar o‘zbek tilida dars o‘tuvchi psixologiya o‘qituvchilari bo‘lishgan. P.Ivanovning (1891-1968) psixologiyaga oid 75 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927-yilda nashr qilingan “Umumiy pedagogika” bo‘yicha qisqa ocherk, “Maktabshunoslik” tarbiyaning umumiy metodlari 1940-yillar va 1954-yillarda “Umumiy psixologiya”, 1962-yilda “Ta’limning psixologik asoslari” kabi asarlari O‘zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. SH.A. Boyburova, Usmonov kabilar bevosita uning rahbarligida faoliyat ko‘rsatishdi. - Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo‘jaev, Bayburova, Raxmatova va boshqalar o‘zbek tilida dars o‘tuvchi psixologiya o‘qituvchilari bo‘lishgan. P.Ivanovning (1891-1968) psixologiyaga oid 75 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927-yilda nashr qilingan “Umumiy pedagogika” bo‘yicha qisqa ocherk, “Maktabshunoslik” tarbiyaning umumiy metodlari 1940-yillar va 1954-yillarda “Umumiy psixologiya”, 1962-yilda “Ta’limning psixologik asoslari” kabi asarlari O‘zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. SH.A. Boyburova, Usmonov kabilar bevosita uning rahbarligida faoliyat ko‘rsatishdi.
- 1959-yil uning rahbarligida M.G.Davletshin, Bekboev, Muzaffarovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. 1963-yil O‘zbekistonda psixologiyadan birinchi bo‘lib Krasnoboev Ilya Berovich (1896-1963) Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti logika va psixologiya kafedrasi mudiri “Yuqori sinf o‘quvchilarida e’tiqod, axloqiy tushunchalarni shakllanishi” mavzusidagi doktorlik ishini himoya qildi.
M.Voxidov (1927-1989) 1955-yilda Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan. Dastlab Andijon pedagogika institutida, so‘ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966-yil Toshkent Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi mudiri etib saylangan. 1973-yili Ministrlar Soveti topshirig‘iga binoan tarix fakulteti tarkibida tashkil etgan. - M.Voxidov (1927-1989) 1955-yilda Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan. Dastlab Andijon pedagogika institutida, so‘ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966-yil Toshkent Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi mudiri etib saylangan. 1973-yili Ministrlar Soveti topshirig‘iga binoan tarix fakulteti tarkibida tashkil etgan.
- P.S.Zimin, L.I.Sofer ishtirokida va markazning iste’dodli olimlari yordamida bu erda o‘quv eksperimental laboratoriya tashkil qilingan. M.Voxidov tomonidan maktabgacha pedagogika bilim Yurtlari uchun, pedagogika institutlari uchun darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda M.Voxidov, A.Petrovskiy tahriri ostidagi “Umumiy psixologiya” darsligini tarjima qilingan va ayni paytda milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zbek tilida darslik yaratish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |