AQSHda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida yevropalik olimlarning xissasi kattadir. Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, Skripcher kabilar edi. Ular uzoq vaqt Leyptsig shaxridagi Vundt laboratoriyasida ta`lim olishgan. - AQSHda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida yevropalik olimlarning xissasi kattadir. Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, Skripcher kabilar edi. Ular uzoq vaqt Leyptsig shaxridagi Vundt laboratoriyasida ta`lim olishgan.
- AQSHga Evropadan ko’chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenger, K.Levin, Mak-Dugalli kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQSHga olib kirdilar.
- 1883 yilda Baltimor shaxridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQSHda birinchi laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll ikkinchi laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda “Pedagogik seminar” uyushtirildi.
1877 yilda “Amerika psixologiyasi” jurnali, 1915 yilda “Amaliy psixologiya” jurnaliga asos solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o’zi tayinlandi. - 1877 yilda “Amerika psixologiyasi” jurnali, 1915 yilda “Amaliy psixologiya” jurnaliga asos solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o’zi tayinlandi.
- 1887 yilda Kettel Penselvaniya shahrida laboratoriya ochadi. Xuddi shu yilda D.Petrik ham Yova universiteti qoshida laboratoiya ochadi. 1888 yilda Viskonsern universitetida (D.Yastrov), 1891 yilda Torontoda (D.Bolduin), 1891 yilda Kolumbiya universitetida (D.Kettel), 1892 yilda Garvard universitetida (G.Myustenburg)lar psixologik laboratoriya ochdilar.
XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari faoliyat yuritgan. - XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari faoliyat yuritgan.
- Angliyada birinchi laboratoriya 1897 yilda ochildi. Kembridjda ochilgan bu laboratoriyaga dastlab R.Rivers, 1912 yildan boshlab esa S.Mayerlar boshchilik qildi. 1897 yilda J.Solli Londonda universitet kolledji qoshida ikkinchi laboratoriyaga asos soldi. Ushbu laboratoriyaning ayrim jihozlari Myustenburg (Freyburg shahrida) laboratoriyasidan olindi. 1900 yilda Angliyada boshqa laboratoriyalar yo’q edi. 1903 yilda Mayer qirollik kolledjida uchnchi laboratoriyaga asos soldi. 1936 yil Oksfordda eksperimental psixologiya instituti ochildi. 1901 yilga kelib ilk bora psixologlarning birinchi yig`ilishi bo’lib o’tdi. 1904 yilda Rivers, Mayer va Uartlar psixologiyaning “Britaniya” jurnaliga asos soldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |