2. Pezoelektrik hodisa



Download 84,95 Kb.
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi84,95 Kb.
#583304
  1   2
Bog'liq
TESHABOYEV 1-4 FIZ 18 NOSIROVA SABOHAT 289,290,291 BET


,Piroelektr-turmalin,unda temperature qadar o’zgarganda E-40000 chamasidagi elektr maydon vujudga keladi. Agar temperatura o’zgarish tezligi zaryadning relaksatsiya vaqtidan yuqori bo’lsa, bu holda elektrlanish intensivligi eng katta bo’ladi. Barcha piroelektriklar pezoelektriklar bo’ladi ammo, σhamma pezoelektriklar ham piroelektriklar bo’lavermaydi. Ba’zi piroelektriklar segnoelektriklar xossalarga molik bo’ladi. Prioelektriklardan texnikada yorug’lik indikatorlari va qabulgichlari sifatida foydalaniladi.
12.4 Pezoelektrik hodisa
Ba’zi dielektrik kristallarning qutblanishini, mexanik deformatsiya ta’sirida o’zgarishini va aksincha elektr maydon ta’sirida deformatsiya paydo bo’lishini pezoelektrik hodisa deyiladi, mazkur kristall moddalarni pezoelektriklar deb ataladi. Faqat mexanik deformatsiya ta’sirida elektr qutblanish vujudga kelishini to’g’ri pezoeffekt deyiladi. Pezoelektrik hossalar juda ko’p moddalarda kuzatiladi. Pezoelektrik hodisani oshkor qilish uchun kristall plastinkasi yoqlariga metal qoplamalar o’rnatiladi. Agar qoplamalar tutashgan bo’lsa qoplamalarda plastina sirtlaridagi zaryadlarga teng va qarama-qarshi ishorali zaryadlar paydo bo’ladi va zanjirda tok oqa boshlaydi. Qoplamalarga tashqi E.Yu.K ulansa kristall deformatsiyalandi.
Pezoelektrik hodisalar faqat simmetriya markazlari bo’lmagan kristallarda kuzatiladi. Ammo, ba’zi simmetriya elementlari ( masalan, simmetriya tekisligi) bo’lishligi ba’zi yo’nalishlarda yoki deformatsiyalashda qutblanish paydo bo’lishini man qiladi- pezoelektriklar sonini cheklaydi. Faqat 20ta simmetriya nuqtaviy guruhlariga tegishli moddalar pezoelektriklar bo’la oladi. Pezoeffektni tavsiflovchi kattalik elektr kattaliklar bilan mexaniik kattaliklar orasidsagi proporsionallik koeffitsientidir. Masalan, σ mexanik kuchlanish ta’sirida pezoelektrikda vujudga keladigan P qulblanish σga proporsional P=ασ. To’la qutblanishga yana elektr maydon hissasi ham kiradi: P=ασ+χE Umumiy holda 18 ta turli pezodoimiylar bo’lishi mumkin.
Turli kristallar uchun pezodoimiylar qiymatlari kuchli darajada farq qiladi. Masalan , segnet tuzining pezoelektrik koeffitsientlari nisbiy qiymati juda katta , biroq turmalin va α-kvarstniki ancha kichik. Ammo, kvartsning yuqori mexanik va termik mahkamligi tufayli uni yuqori darajada barqaror pezoelektrik generatorlar tayyorlashda eng ma’qul material sifatida ishlatiladi. Bu asaboblar radiouzatgichlar , kvarts soatlar takroriyligini barqarorlashtiradi. Boshqa amaliy maqsadlar uchun yuqori darajada pezoelektrik effektivlik zarur. Shuning uchun signet tuzi ko’p yillar davomida sezgir o’zgartirgichlar uchun material bo’lib xizmat qiladi. Eng yangi nusxalarda bariy titanati- strontsiydan ishlangan maxsus shaklli keramik plastinalar qo’llaniladi, chunki bu materiallar katta pezoelektrik effektivlikka ega va yana qizdirish va namiqishga nisbatan bardoshlidir. Bu materiallardantozalash vannalarida ultratovush manbalari va suv osti tovush qurilmalarida uzatgich hamda qabullagich sifatida foydalaniladi. Birinchi taqribda elektr maydonda dielektrikning deformatsiyalanishi chiziqiy bog’lanishli, mexanik kuchlanish paydo qilgan qutblanish deformatsiysiga proporsional. Ionlardan tarkiblangan har qanday qattiq jismda, uning pezoelektrik bo’lish-bo’lmasligidan qat’iy nazar, elktr maydon kuchlanganligi kvadratiga proporsional bo’lgan qisilish (elektrostriktsiya) kuzatiladi. Demak ,elektrostraktsiya kuzatiladigan qattiq jismda angarmonik effektlar kristall panjarasining tebranishlari xossalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.

Download 84,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish