2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. Toksoplazmaning hayot sikli



Download 4,54 Mb.
bet153/227
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#199132
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   227
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

63- rasm. Toksoplazmaning hayot sikli.

1—mushuk asosiy xo‘jayin (unda shizogoniya va jinsiy ko‘payish kuzatiladi); 2—4—ootsistaning rivojlanish bosqichlari (har birida ikkitadan spora, har bir sporada to‘rttadan sporozoit); 5—6—sichqon oraliq xo‘jayin (unda jinssiz ko‘payish va sistalar hosil bo‘lishi kuzatiladi);

7—sichqonlarda ona qornida toksoplazmaning yuqishi.

Oraliq xo‘jayinlarga ootsistalar alimentar usulda ifloslangan ovqat orqali o‘tadi. Transplatsentar yuqish (ona kasal bo'lganida yo‘ldosh orqali rivojlanayotgan homilaga o‘tish) ham ko‘p kuzatiladi. Natijada, rivojlanish anomaliyalari va nuqsonlari bo'lgan bolalar tug'ilishi munikin.

Oraliq xo‘jayin organizmida sporozoitlar ichki a’zolar hujayra- lariga kirib endogoniya yo‘li bilan rivojlanadi, ootsistalar va psevdotsistlarni hosil qiladi. Sistalar organizmda butun hayoti davomida saqlanadi.



Laboratoriya tashhisi. Qon surtmasini va limfa bezlaridan punktantlar olib mikroskopda tekshiriladi. Laboratoriya hayvonlarda biosinama o‘tkazish ham mumkin. Buning uchun kasallikka shubhalangan odamlardan qon, tana suyuqliklari, punktatlar olinib, laboratoriya hayvonlariga kiritiladi. Bir necha kundan keyin laboratoriya hayvoni to‘qimalari hujayralari, qoni, orqa miya suyuqliklari o'rganiladi. Tashhis qo‘yish uchun immunologiya va allergologiya usullaridan ham foydalaniladi.

Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena choralariga amal qilish, hayvonlarda toksoplazmoz oldini olish choralarini amalga oshirish, kasal asosiy xo‘jayinlarni yo‘qotish, hayvonlarni parvarish qilishda sanitariya choralariga amal qilish, go‘sht mahsulotlarini veterinariya nazoratisiz iste’mol qilishga yo‘l qo'ymaslik, homi- lador ayollarni toksoplazmozga nisbatan puxta tekshirishdan o'tkazish.

Gemosporidiyalar (Haemosporidia) turkumi.

Odam va hayvonlar eritrotsitlari parazitlaridir. Tibbiyot nuqtai nazaridan bezgak plazmodiyalarini o‘z ichiga oluvchi plazmodiyalar avlodi ahamiyatga ega.

Odam eritrotsitlarida plazmodiyalarni to‘rt turi parazitlik qiladi: Plasmodium vivax — 3 kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi tropik va o‘rta iqlim hududlarida eng ko‘p tarqalgan. Plasmodium faliparum — tropik bezgak qo‘zgatuvchisi eng xavl’li tur, issiq iqlim mamla- katlaridan tarqalgan. Plasmodium malariae — 4 kunlik bezgak qo‘z-g‘atuvchisi kaniroq uchraydigan tur. Plasmodium ovale MDH mamlakatlarida uchramay

Bu turlarning inorfologiyiisi, I’iziologiyasida ayrim farqlar mavjud bo'lib, ular maxsus kurslarda o'rganiladi.



Hayot sikli. Plazmodiylarning definitiv xo‘jayinlari va maxsus tashuvchilari Anofeles avlodiga kiruvchi chivinlar (80 ga yaqin turlari mavjud) oraliq xo'jayini esa odamlar hisoblanadi.

Odam organizmida plazmodiyalar jinssiz ko‘payadi, mero- zoitlar, shizontlar va gametotsitlar hosil bo‘ladi. Chivin orga­nizmida esa jinsiy jarayon va sporogoniya kuzatiladi (64- rasm).

Odamga so‘lagida sporozoitlar bo‘lgan chivin chaqqanida yuqadi. Invazion bosqich yarim oysimon sporozoitlar hisoblanadi.



Sporozoitlar qon orqali, jigar va retikulo-endotelial sistema hujayralariga kiradi, yumaloqlashib shizontlarga aylanadi va 6-8 kun davomida proeritrotsitar shizogoniya jarayoni kechadi. Shizogoniya natijasida merozoitlar hosil bo'ladi (1 ta shizontdan 1000-5000 gacha merozoitlar). Jigar hujayralari parchalanganidan keyin merozoitlar yana qonga tushadi va eritrotsitlar ichiga kiradi. Shu vaqtdan boshlab endoeritrotsitar shizogoniya boshlanadi.

Eritrotsitlarda merozoitlar shizontlarga aylanadi, ketma-ket uzuksimon, amyobasimon shizontlar va shizogoniya bosqichlarini o'tadi. Pl. vivaxda-22, Pl. malariaeda 6-12, Pl. falsiparumda 12-18 merozoitlar hosil bo'ladi.

Eritrotsitlar parchalanishidan keyin merozoitlar boshqa eritrotsitlarga kiradi.

Chivin


Odam



Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish