VII. Binolar shikastlanadi
. Ko‘pchilik insonlarda qattiq qo‘rquv paydo bo‘ladi.
Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog‘ oldi zonalarida ko‘chki, o‘pirilish
bo‘ladi. Suv yuzida to‘lqinlar paydo bo‘lib loyqalanadi. Quduq suvlari sathi, mikdori
o‘zgarishi kuzatiladi. Yer osti suvlari sizib chiqish hollari bo‘ladi.
VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi
. Insonlarni qo‘rquv va sarosima bosadi.
Daraxt shoxlari sinadi, tuprokda bir necha santimetrli darzliklar paydo bo‘ladi. Yangi suv
havzalari paydo bo‘ladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va
yodgorliklar joyidan siljiydi. Yer osti suvi harakati keskin o‘zgaradi. Yangi buloqlar paydo
bo‘ladi.
IX. Binolarning batamom shikastlanishi
. Aholining hammasini vahima bosadi.
Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat kiladi. Yer osti quvurlari uziladi, temir
yo‘llar qiyshayadi, suv inshootlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm. gacha darzliklar paydo
bo‘ladi. Qoyalar qulaydi, ko‘chkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar yiqiladi.
X. Inshootlarning batamom buzilishi
. Suv omborlari, to‘g‘onlar, ko‘priklarda buzilish
bo‘ladi. Yer yuzasi yoriladi, to‘lqinsimon past-balandliklar paydo bo‘ladi. Yer osti inshootlari
buziladi. Qoyalarda tosh ko‘chishi yuzaga keladi. Kanal, ko‘l va daryolarda suvlar kuchli
chayqaladi, yangi suv havzalari paydo bo‘ladi.
XI. Talafot
. Puxta qurilgan inshootlar: ko‘priklar, uylar, to‘g‘onlar, temir yo‘llar jiddiy
shikastlanadi. Yer yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi.
Tog‘ oldi zonalarida kuchli ko‘chkilar yuzaga keladi.
XII. Yer relyefinnng o‘zgarishi
. Barcha yer usti va osti inshootlari to‘liq shikastlanadi.
Yoriqlar paydo bo‘lib, relyef butkul o‘zgaradi. Daryo o‘zanlari o‘zgaradi. Yirik tog‘
ko‘chkilari bo‘ladi. Yangi ko‘llar paydo bo‘ladi.
Zilzilаlarga tayyorgarlikdagi barcha xatti-harakatlarimiz quyidagi 3 yo’nalishda olib
borilishi lozim: tavаkkal darajasini kamaytirish (zilzilаga qadar tayyorgarlik tadbirlarini
o’tkazish); zilzilа vaqtida xatti-harakatlar qoidalari vа tartibini o’rganib chiqish vа ishlab
chiqish; zilzilа oqibatlarini engillashtirish vа tugatish.
Xavfsizlikni bu tariqa oshirish jadvаli boshqa tаbiiy ofat turlariga ham xos. Zilzilаni
avvаldan bilsangiz nima qilish zarur? Eng avvаlo turli sharoitlarda-uyda, ishda, ko’chada,
jamoatchilik joylarida (do’konda, teatrda) xatti-harakat tartibini bittama-bitta o’ylab chiqish
kerak. Avvаldan xonadonda, ishda silkinishi mumkin bo'lgаn o’tа xavfsiz joylarni aniqlash
zarur. Bu-kapital devorlar uymalar, burchaklar, kolonnalar oldidagi joylar vа bino karkasi
balkalari ostidadir. Ulаrni hamma bilishi lozim.
Shkaflar, etajerkalar, tokchalar, stellajlar, mebelni mustahkamlab, shunday ko’yish
zarurki, ayniqsa, chiqish joyini to’smasligi, eshikni yopib quymaslik kerak. Tokchalardan ogir
jismlarni, idishlar tushib, shikаst yetkazishi mumkin bo'lgаn barcha buyumlarni olib ko’yish
kerak. Kandillar vа boshqa yoritish asboblarini ishonchli qilib mustahkamlash zarur. Yengil
alanga oluvchi yoki zaharli suyuqliklari bor idishlarni yaxshisi kvаrtiradan olib chiqish zarur.
Yotoqxona joylarni katta oynalar, shisha tushishidan o'zoqroq joylashtirish ma'qul.
Krovаtlar vа divаnlar tepasida tokchalar, og’ir jismlar bo'lishi mumkun emas.
Dastlabki 3-5 kunga mo’ljallangan konservа mahsulotlari vа toza ichimliklar, suv
zapasini hosil qilish kerak. Ichida bog’lama vа dori-darmonlar to’plami bo'lgаn birinchi
tibbiy yordam aptechkasini avvаldan hozirlab quyilgan xujjatlar, pullar, elektr fonarik
Do'stlaringiz bilan baham: |