2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 4,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/348
Sana06.07.2022
Hajmi4,8 Kb.
#746563
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   348
12 
 
Bilishi va qo‘llay olishi kerak: 
–yong’inni uchirish vositalarini qo‘llashni; 
–shaxsiy himoya vositalardan foydalanishni; 
–jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni. 
Hаyotiy jаrаyondа insоnni аtrоf-muhit vа uning tаshkil etuvchilаri bilаn o’zаrо tа’siri 
Y.N.Kurjаkоvskiyning «Hаyot fаqаt mоddаlаr, enyergiyalаr vа infоrmаtsiyalаr оqimlаrini 
tirik tаnа оrqаli hаrаkаti jаrаyonidа mаvjud bo’lа оlmаydi» dеgаn hаyotni sаqlаsh qоnunigа 
mоs hоldа elеmеntlаr оrаsidаgi mоddаlаr mаssаsining, bаrchа turdаgi enyergiyalаr vа 
infоrmаtsiyalаrning оqimlаri tizimigа аsоslаngаn. Hаyotni sаqlаsh qоnunidаgi оqimlаr 
insоngа o’zini оziq-оvqаtgа, suvgа, hаvоgа, quyosh enyergiyasigа, o’rаb turgаn muhit 
hаqidаgi infоrmаtsiyalаrgа bo’lgаn ehtiyojlаrini qаnоаtlаntirishi uchun kerak.
1.3.
Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni

Xavf
 
- hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon
va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay 
darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi. 
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o'zida 
joylashtirgan hamma tizimlarni, hamda ishni hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan 
tavsiflarini o'zida saqlaydi.
Potensial (yashirin)
xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. 
Identiflkatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muhim bo’lgan xavflar 
nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar 
va shunga o'xshash o’lchamlar aniqlanadi. 
Taksonomiya
 
- bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va 
tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so'zi xavflarni qonun bo'yicha joylashtirish 
degan ma'noni beradi. Xavf ko'p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarhik tushunchadir. 
Faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash 
muhim rol o'ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi. 
Hozirgi kungacha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. 
Bu o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi. 
Nomenklatura
- ma'lum belgilariga ko'ra tizimlashtirilgan xavfli nom va so'zlar 
ro'yxatidir. Hozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy holda alfavit tartibida 
quyidagicha keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulkan, vahima, gaz, 
gerbitsid, dahshat, dard, dinamik zo'riqish, yemirilish, yomg'ir, yong'in, zahar, zilzila, 
ifloslanish, ichkilik kasalligi, kamchilik, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magni 
maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, plusatsiya, pasayish, 
radiatsiya, rezonans, sog'aymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, 
urmoq, ultratovush, hujum, xavf, .charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, 
yaxmalak hamda yadro. 
Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, har bir alohida obyektlar uchun (ishlab chiqarish, 
sexlar, ishjoylari, jarayonlar, kasblar va hokazo) xavflar nomenklaturasi tuziladi.

Download 4,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish