164
- ish joyini yil davomida foydalanish davri;
- kiritish vaqti va ish joyini attestatsiya natijasida umumiy bahosi.
- hisobga olish birlamchi hujjatlari amaldagi ish joylari uchun bir marta tuziladi,
shuningdek yangi ish joylari tashkil qilinganda ular bilan bir vaqtda texnologik va tashkiliy
hujjatlar talab qilinganda qaytadan tuzilishi mumkin.
Ish joylarini hisobga olishda ishda qatnashayotgan va qatnashmayotgan, ishchi kuchi
bilan ta`minlangan va ta`minlanmagan ish joylari, shuningdek zahira uchun holdirilgan ish
joylari, hamma kategoriyadagi ishchilarni o`qitish uchun mo`ljallangan ish joylari ham
hisobga olinadi. Zahira va o`qitish ish joylari ma`lumotnoma materiallari asosida olinadi.
Chunki bu ish joylari hisobda bo`lsa ham, korxonada ish joylari bilan ishlayotgan
ishchilarning mutanosiblik darajasini belgilashda qatnashmaydi.
Hisobga olish vaqtida va tahlil qilishda o`rnatilgan hamma qurilmalar (ta`mirlash
natijasida vaqtincha ishlamayotgan, umuman buzilgan, modernizatsiya qilinayotgan,
mukammallashtirish ishlari olib borilayotgan) hisobga olinadi.
quyidagilar ish joylari deb hisoblanmaydi:
- ishchilar biriktirilmagan umumiy foydalanish vositalari (harakatlantirilib yuritiladigan
ko`chma teshish, silliqlash va boshqa stanoklar, harakatlanuvchi ko`tarish vositalari);
- montaj qilinayotgan yoki montaj qilib bo`linsa ham akt bilan ishlatish uchun
topshirilmagan qurilmalar;
- demontaj qilingan, demonstratsiya qilish va ko`rgazmaga qo’yilgan jihozlar nusxasi.
Ishchi zona va qurilmalarni ikki marta hisobga olishga yo`l qo’yilmasligi kerak. Bu
albatta brigada bo`lib ishlaganda chegaralar belgilanganida yo`l qo’yilishi mumkin bo`lgan
hisobga olishda bo`ladi.
Ish joylarini tugatish yoki yangi tashkil qilishda ham yillik hisobotlarda va o`rtacha
yillik ish joylari sonini aniqlaganda ham ba`zi bir qoidalarga amal qilish kerak bo`ladi.
Masalan ish joylari oyning 15-nchisigacha qabul qilingan bo`lsa, shu oy to’liq hisoblanadi,
15-nchisidan keyin bo`lsa, keyingi oydan boshlab hisob olib boriladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish bilan
jiddiy shug‘ullanadi. Bunga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida ishchi
xodimlar uchun maishiy xonalarning o‘lchamlari quyidagicha bo‘lishi belgilanadi:
• garderobxona 1 kishiga 0,82 m² (bu o‘lchamlar ayrim o‘quv adabiyotlarda m² (kishi
deb ko‘rsatilgan);
• dushxona 1 kishiga 0,2 m²;
• kiyim va poyabzallarni quritish uchun 1 kishiga 0,2 ;
• ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun 50 kishiga 1,76 ;
• lar hojatxonasi 1 kishiga 0,09 (yoki 40 ishchiga bir unitaz hisobida);
• ayollar hojatxonasi 1 kishiga 0,14 ,
• ovqatlanadigan xona 1 o‘tiriladigan joy 0,25 ;
• 1200 ishchiga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash punkti 70 ;
• ish vaqtida dam olish, isinish, quyosh radiatsiyasi va issiqlikdan saqlanish uchun 1
kishiga 0,7 ;
• isinish uchun alohida xona 1 kishiga 0,1 .
Agar ayollarning umumiy soni korxonada 100 nafar va undan ko‘p bo‘lsa, ayollarning
shaxsiy gigiyenasi xonasi bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Ayollar soni bir smenada 15 kishidan ortiq
bo‘lsa, umumiy ayollar gigiyena xonalari bshlishi shart.
Maishiy xizmat xonalari ko‘chma vagonlardan iborat bo‘lsa, ularni chang ajratadigan
jihozlardan 50 m, qurilayotgan obyektdan esa kamida 24 m o’zoqlikda o‘rnatiladi. Agar
vagonlar soni ko‘p bo‘lsa, yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holda ikki qator qilib,
jamida 10 tadan ortmagan holda, har bir qator orasi 1 m, ikkinchi ikki qatorli orasi esa kamida
18 m oraliq masofa saqlangan holda o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |