18
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi «Mehnatni
muhofaza qilishga doir me’yoriy xujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to’g’risida»
gi 267–sonli qarori.
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son
qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan
xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati”.
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2008 yil 12 noyabri 245-son qarori
bilan tasdiqlangan “Korxona, tashkilot va muassasalarda Hayot faoliyati xavfsizligi fondi
tashkil qilinishi va uni mablag‘larini ishlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”.
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli
qarori bilan tasdiqlangan”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar
salomatlig‘ining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”.
• Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori ”Xodimlarga ularning
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlani shi, kasb kasalliklariga chalinishi
yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”.
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida Namunaviy
nizom” (ro‘yxat raqami 273,1996 yil 14 avgust).
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash
to‘g‘risidagi Namunaviy nizom” (ro‘yxat raqami 272, 1996 yil 14 avgust).
• “Mehnatni muhofaza qilish vakili to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 196, 1995 yil
18 dekabr).
• “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi
Nizom (ro‘yxat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar).
• «Положение об установлении пределно допустимих норм при подеме и
перемешении тяжестей литсами моложе восемнадсати лет» (рег. № 1954 от 12 мая
2009г.).
• “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat
sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000 yil 5 yanvar).
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Xodimlarni ishga kirishdan
oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
10 iyul 2012 yil 200 -son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust).
• Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari
(ro‘yxat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun).
• Balanlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari” (2009 yil 24 yanvar,
ro‘yxat raqami 1890).
Mehnatni muhofaza qilish huquqlari - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti
va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari
hamda vositalari tizimidir.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf
etish ishlarini ko‘rib chiqadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - zararli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish
yoki kamaytirish ishlarini ko‘rib chiqadi.
Yong‘in xavfsizligi – yong‘inlarni kelib chiqish sabablari, yonish va portlash
tabiatini, yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash usullari, yong‘inlarni o‘chirish va
yong‘in muhofazasini tashkil qilishni ko‘rib chiqadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlari - Ishlab chiqarishda
mehnat sharoitlarini yaratish, zararli va xavfli omillar oldini olish, mehnat to‘g‘risidagi qonun
asosida ishlash kabilar alohida qabul qilingan Respublikamizning asosiy qonunlar, standartlar,
nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlari tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan mehnat qonunlari, standartlar belgilanadi. Korxonalar tomonidan
o‘zining nizomlari, korxonaga doir qoidalar va me’yoriy hujjatlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |