3. O‘tkir yoki surunkali qon ketishi
haqidagi tushunchalar faqat qon ketishining tezligi
va yo‘qotilgan hajmiga nisbatan aytiladi. Inson hayotidagi eng xavfli qon ketishi o‘tkir qon
ketishidir. Qisqa vaqt ichida yo‘qotilgan katta miqdordagi qon yetishmovchiligiga inson
organizmi tez moslasha olmaydi, natijada o‘lim hollari nisbatan ko‘p uchraydi. Surunkali qon
ketishda esa kamqonlik sekinlik bilan rivojlanadi, natijada inson organizmi bu yangi holatga
asta-sekin moslashib oladi. Sekinlik bilan kechadigan katta hajmdagi qon ketishidan qisqa
fursat oralig‘ida kechadigan o‘tkir, kam miqdordagi qon ketish xavfliroqdir. O‘tkir qon
ketishda gemoglobin miqdorining 30 % gacha kamayishi katta xavf uyg‘otadi. Shunga
qaramasdan, surunkali ravishda gemoglobin miqdorining 75–80 % ni yo‘qotgan bemorlarning
umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |