15
berilgan. Bu Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga
qaratilgan. 36-moddada «har bir shaxs qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb
tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir»
deyilgan, matn davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tash tartibidan yoki qonunda
ko'rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.)
tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deb qo'yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy
jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo'lib
xizmat qiladigan «barcha fuqarolar ish bilan ta'minlanadi» degan jumladan tubdan farq qilishi
ko'rinib turibdi.
Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga
egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi»,
deyilgan jumla ham birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'-minlash
mana shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak.
Bu bandda ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi
belgilangan.
38-Moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek,
boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy
ta'minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab
qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» deyilgan.
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal qilingani bilan uning
miqdori hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qo'shimcha ravishda tirikchilik uchun
yetarli miqdorda belgilanishi, albatta, keyingin nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini
oshirish imkoniyatini beradi.
39-Moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb
belgilangan.
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi,
deyilgan edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul foydalanish imkoniyatlari
yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir
belgilangan moddada tibbiyot xizmati bo'yicha hech bir cheklanishlar yo'q, bunda turli-tuman
tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o'z
shaxsiy davolash muassasalariga ega bo'lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga
keladi, aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi,
shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(qisqacha Mehnat
vazirligi) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchiligi mehnat sharoitlarining
yuqori darajasini, ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini har tomonlama muhofaza
qilishni belgilaydi.
Hayot
faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mehnat qonunchiligi - O‘zbekiston
Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunida va Mehnat Kodeksida
mujassamlashtirilgan huquqiy meyorlar, Hayot faoliyati xavfsizligi, ayollar mehnati, yoshlar
mehnatini muhofaza qilish, Hayot faoliyati xavfsizligi sohasida nazorat qilishni o‘z ichiga
oladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni (1993
Do'stlaringiz bilan baham: |