Oyoqlarga qo‘yiladigan bog‘lamlar
. Son va tizzaga qo‘yiladigan bog‘lamlar joyidan
qo‘zg‘alib ketmasligi uchun bint spiralsimon o‘rash yo‘li bilan qo‘yiladi. Tizza bo‘g‘imi
sohasiga toshbaqasimon qo‘shiluvchi yoki tarqaluvchi bog‘lamlar qo‘yiladi.
Boldir-tovon bo‘g‘imiga sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. U boldirning pastki uchdan bir
qismida sirkular yo‘l bilan boshlanib, keyin qiyshiq holda tovonning orqa tomoniga tushadi,
uning atrofida aylantirilib tepaga ko‘tariladi, avvalgi yo‘l bilan kesishadi va boldirda
mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |