12.2-rasm. Dori qutichasi.
Odatda birinchi tibbiy yordam tabel vositalari jamoat transporti yoki shaxsiy transport
haydovchilari aptechkasi tarkibiga kiradi hamda ommaviy dam olish joylarida ham bo‘ladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida tabel vositalari bo‘lmasa, qo‘l ostidagi vositalardan
foydalaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda bunday vositalar sifatida toza choyshab,
ko‘ylak, mato (oq mato), karton, faner, taxta, yog‘och va h. qo‘llash mumkin.
Antiseptika va aseptika.
Qadimgi dunyo hakimlarining qo‘lyozmalaridan ma’lumki,
jarohatlar yiringlashining oldini olish maqsadida qizdirilgan temirlar, qizdirilgan yog‘lar,
ohak va malhamlar qo‘llangan (Gippokrat, Sels, Ibn Sino va boshqalar). Olmoniyalik akusher
Zemelveys 1847 yilda xlor ohagini qo‘llab, tug‘ayotgan ayol hayotini qutqarib qolgan.
Keyinchalik xlor ohagini akusherlar qo‘liga ishlov berish maqsadida qo‘llashgan. Bu esa o‘z
vaqtida onalar o‘limining qisqarishiga olib kelgan. Rus jarrohi N. I. Pirogov jarohatni
tozalashda yod eritmasidan foydalangan. Fransuz mikrobiologi Lui Paster 1863 yilda
jarohatlarda yuzaga keladigan bijg‘ish va yiringlashga ularga tushgan va yashash qobiliyatiga
ega mikroorganizmlar sabab bo‘lishini tajribalar yordamida ko‘rsatib bergan. L. Paster
tashabbusini jarrohlik sohasiga yoygan ingliz jarrohi Jozef Lister jarohatlar yiringlashining
oldini olish hamda ularga qarshi kurashish majmuasini ishlab chiqib, jarrohlik olamida inqilob
qildi va 1867 yilda «Antiseptika asri» nomli asarini yozdi. Bunda J. Lister operatsiyadan oldin
va operatsiya vaqtida xonani zararsizlantirish uchun purkagichlar yordamida karbol eritmasi
purkashni tavsiya qilgan. Shu bilan birga, operatsiya maydoni, jarroh qo‘li va kiyimlari,
operatsiya jihozlariga ham 2–5 % karbol eritmasi bilan ishlov berilgan. Shunday qilib, J.
Lister usullari hozirgi zamon tushunchasidagi aseptika va antiseptika tamoyillarini
birlashtiradi.
Antiseptika
–
jarohatga infeksiya tushmasligiga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar
yig‘indisi. Antiseptika yunon tilidan olingan bo‘lib,
anti –
qarshi,
septicos –
yiring
chaqiruvchi ma’nosini bildiradi.
Aseptika
–
jarrohlik muolajalarida, yaralarni bog‘lashda va
boshqa muolajalarda yaralarga, to‘qimalarga, a’zolarga hamda tana bo‘shliqlariga
mikroorganizmlarning tushish xavfiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. Atama
a –
inkor, inkor etuvchi,
septicos –
yiring chaqiruvchi kabi yunon so‘zlardan olingan.
Shunday qilib, har qanday jarohat kabi jarrohlik muolajalari tufayli, to‘qimalar
butunligining buzilishi hisobiga paydo bo‘lgan jarohatlar ham infeksiya tushishidan va
yiringlashdan xoli emas. Yiringli holatlarni chaqiruvchi bakteriyalar ikkiga bo‘linadi:
aeroblar
– atmosfera havosi hisobiga hayot kechiruvchi mikroblar;
anaeroblar
– atmosfera
havosi ishtirokisiz hayot kechiruvchi mikroblar.
Aerob bakteriyalarga kiruvchi stafilokokklar
(staphelococcus piogenes)
tabiatda juda
Do'stlaringiz bilan baham: |