2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/602
Sana11.02.2022
Hajmi4,92 Mb.
#443861
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   602
Bog'liq
ХФХ МАЖМУА 2021 БИОЛОГИЯ кундузги

101 
 
oshiriladigan chora- adbirlar majmuidir. 
 
12.1-rasm. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. 
Bunda, birinchi navbatda, shikastlanganlarning nafas olishi va qon aylanishini tiklashga 
va ushlab turishga erishiladi. Reanimatsiyaning murakkab bo‘lmagan choralari (sun’iy nafas 
oldirish, bilvosita yurak massaji) har bir kishiga ma’lum. Shu bilan bir qatorda, ko‘pgina 
hollarda shikastlanganlar qon to‘xtatish, og‘riq azobidan qutulish, suyagi singan qo‘l-oyoqni 
harakatsizlantirish, yara, kuygan va sovuq urgan yuzalarni infeksiyadan himoyalash kabi har 
bir kishi amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yordamlarga muhtoj bo‘ladilar.
Agar bir paytda bir necha kishi jarohat olsa, ko‘rsatiladigan yordam muddati va ketma-
ketligi aniqlanadi. Bolalarga va shoshilinch yordamga muhtoj kishilarga kerakli yordam 
birinchi navbatda ko‘rsatiladi. Ko‘p sonli va qo‘shimcha jarohat olgan kishilarga birinchi 
tibbiy yordam ko‘rsatishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning ketma-ketligi aniqlanishi 
kerak. Avval shikastlangan odam hayotini saqlab qolishga imkon beradigan yoki birinchi 
tibbiy yordamning keyingi chora-tadbirlarini qo‘llash uchun shart bo‘lgan usul-amallar 
bajariladi. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turganda, birinchi 
navbatda, hayot uchun xavfli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, so‘ngra jarohatga steril bog‘lam 
qo‘yish va undan keyingina oyoqni qimirlatmaydigan qilib bog‘lashga kirishish kerak. Singan 
joyni hech qimirlamaydigan qilib qo‘yish uchun esa maxsusshina bog‘lash yoki qo‘l ostidagi 
vositalardan foydalanish lozim.
Qo‘pol harakatlar qilinadigan bo‘lsa, bu shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning 
ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, balki ikki yoki bir 
necha kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, u holda kelishib ish ko‘rish kerak. Bunda yordam 
ko‘rsatayotganlarning biri boshliq bo‘lib, birinchi tibbiy yordamning barcha usul-amallari 
bajarilishiga rahbarlik qilib turishi lozim. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitida tashxis 
masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yilgan tashxis kasallik 
yoki shikastlanish turini aniqlashga va shu asosda zarur yordam ko‘rsatish tadbirlarining 
ketma-ketligi rejasini tuzishga imkon yaratadi. Tashxis kasallik yoki jarohatning subyektiv va 
obyektiv belgilarini aniqlash asosida qo‘yiladi. Subyektiv belgilarga bemor yoki 
jarohatlanganning shikoyatlari (agar uning hushi joyida bo‘lsa) kiradi. Obyektiv belgilarga esa 
kasallik va jarohatning tashqi belgilari yoki muayyan usuldagi yondashuv orqali 
aniqlanadigan, masalan, pulsni (tomir urishini) o‘lchash, nafas olish va chiqarishning miqdori, 
reflekslar va boshqa belgilar kiradi. Shu tufayli bu belgilarni aniqlash va taxmin qilish yo‘li 
bilan dastlabki tashxisni qo‘yish mumkin. Tashxis asosida esa zarur yordam turi ham 
aniqlanadi. 

Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish