Mehnat muhofazasi bo‘yicha mehnat qonunchiligi
- O‘zbekiston Respublikasining Mehnat
Kodeksida mujassamlashtirilgan huquqiy meyorlar, mehnat muhofazasi, ayollar mehnati,
yoshlar mehnatini muhofaza qilish, mehnat muhofazasi sohasida nazorat qilish o‘z ichiga
oluvchi qonunlar;
Ergonomika
- mehnat muhofazasi fanining mehnat xavfsizligiga rioya qilgan holda eng
yuqori mehnat unumdorligiga erishish va inson uchun eng qulay sharoit yaratish yo‘llarini
qidiradigan bo‘limi;
Ishlab chiqarish estetikasi
– ishchining har taraflama bejirim kiyinishi, har bir yuksak did
bilan bajarishi, ishlab chiqarish madaniyati - ish joyida zaruriy mikroiqlim sharoitlarini
yaratish, ish joyi va ish o‘rnining tozaligi, ishchilarning qulay, ishlab chiqarish xududini
obodonlashtirish, ishchi bilan rahbar xodim o‘rtasida hurmat-e’tiborli, odobli munosabat,
xushmuomalalik;
Do'stlaringiz bilan baham: |