Geologik xavfli hodisalar
– odamlar o‘limiga, ma`muriy – ishlab chiqarish binolarini,
texnologik asbob – uskunalarni, energiya taminoti, transport komunikatsyalari va infratuzilma
tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarini va uy joylarini turlicha darajada buzilishiga,
ishlab chiqarish va odamlar xayot faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi.
Gidrometerologik xavfli hodisalar
– odamlar o‘limiga, aholi yashash joylarini, bazi
sanoat va qishloq xo‘jaligi obektlarini suv bosishiga, infratuzilma va transport
komunikatsyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatini buzilishiga olib kelgan va
shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishi talab qiladigan tabiiy ofatlardir.
Gipotsentr –
yer silkinishining chuqur ichki qismidagi o‘chog‘i markazi.
Gomosfera
– faoliyat davrida ishchi turadigan yoki harakat qiladigan joy, ishchi zona.
Gomeostaz
– ekosistemada komponentlarni o’zaro bog’liqligi va dinamik muvozanati.
Do'stlaringiz bilan baham: |