darajasiga nisbati
Bir binoning
o‘tga chidamlilik
darajasi
O‘tga chidamlilik toifasi asosida binolar o‘rtasidagi yong‘inga
qarshi oraliq (m)
I va II
III
IV va V
I va II
III
IV va V
G va D darajali korxona
binolari uchun meyorlanmaydi
9
12
15
12
15
18
Ba’zi yong‘in xavfi deyarli yo‘q bo‘lgan binolar uchun yong‘inga qarshi oraliqlar
belgilanmaydi. G va D darajadagi sanoat korxonalari, ularning o‘tga chidamlilik toifasi I va II
darajali hamda tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan bo‘lsa, shuningdek, tashqi
devorlari yong‘inga qarshi to‘siq sifatida qurilgan bo‘lsa, yong‘inga qarshi oraliq
belgilanmasligi mumkin.
Har bir sanoat korxonasi uchun mo‘ljallangan bino loyihalanayotgan vaqtda kishilarni u
yerdan o‘z vaqtida chiqarib yuborish uchun — evakuatsiya yo‘llari ham loyihalanadi.
Evakuatsiya yo‘llari har qanday sanoat korxonasi uchun, albatta, eng kamida ikkita bo‘lishi
kerak. Yong‘in bo‘lgan taqdirda ishchi va xodimlar bu hududdan eng qisqa yo‘l orqali zudlik
bilan chiqib ketishlari zarur.
Evakuatsiya yo‘llari binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan bo‘lishi shart. Lift va
boshqa odamlarni chiqarib tushirishga mo‘ljallangan mexanizatsiyalashtirilgan vositalar
evakuatsiya yo‘llari sifatida hisobga olinmaydi. Evakuatsiya yo‘llarining eni 1 m dan,
eshiklarining eni 0,8 m, bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Yo‘lka va zinapoyalar odamlar
soniga qarab hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan
zinapoyalar meyorlar asosida o‘rnatiladi. Zinapoya o‘rnatilgan kataklar tutun
to‘planmaydigan bo‘lishi, ya’ni, tutunni chiqarib yuborishni ta’minlovchi texnika vositalariga
ega bo‘lishi lozim. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong‘inga qarshi maxsus narvonlar
o‘rnatilishi kerak. Evakuatsiya yo‘llarining hisobi, shu yerdagi umumiy joylarning chiqib
ketishi uchun kerak bo‘ladigan vaqtni belgilash bilan amalga oshiriladi. Ma’lumki, yong‘in
sodir bo‘lgan vaqtda hosil bo‘ladigan tutun nihoyatda katta hajmni tashkil qiladi. Uning
tarqalishi va bo‘g‘uvchi ta’siri natijasida binodagi odamlarni Evakuatsiya qilish qiyinlashadi
va alangalanayotgan yerga yetib borishda, o‘tni o‘chirishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Tutun va gazlar eshik, derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali chiqarib
yuboriladi. Tutunni chiqarib yuborish oraliqlari hosil bo‘lgan tutunni atrofdagi xonalarga
o‘tmasligini ta’minlash, shuningdek, yong‘inni kerakli tomonga yo‘naltirish imkoniyatini
berish kerak. Tutunni chiqarib yuborish teshiklari fonarsiz sanoat binolari va omborlarda
qo‘llanilishi mumkin. Yengil devor konstruksiyalari oldindan hisoblab o‘rnatilgan bo‘ladi va
yong‘in natijasida hosil bo‘lgan gazlar bosimi xavfli vaziyatni vujudga keltirsa, bu ular qulab,
binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetmasligini ta’minlaydi. Yengil konstruksiyalar,
asosan, binoning tashqariga chiqib turgan devorlariga yoki to‘siqlariga o‘rnatilib bosim
ma’lum miqdordan oshib ketganda, yig‘ilib qolgan gazlarni chiqarib yuborish imkoniyatini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |