150
Agar zaharli modda turi noma’lum bo‘lsa, tibbiy ekspertiza qilish uchun qusuq
massasidan ozroq olinadi.
Og‘iz orqali zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish.
Bir litr qaynatilgan va xona
haroratigacha sovitilgan suv bemorga ichiriladi va barmoqni og‘ziga tiqib, qayt qildiriladi.
Agar jabrlanuvchi behush, tortishib turgan, homilador ayol bo‘lsa, o‘yuvchi modda (kislota
yoki ishqor) yoxud tarkibida neft bo‘lgan mahsulot (kerosin yoki benzin) yutgan, yurak
xastaligi bo‘lsa, uni qayt qildirib bo‘lmaydi.
Qayt qildirganda yutilgan zaharli moddaning faqat bir qismi organizmdan chiqadi,
shuning uchun qayt qilganidan keyin zaharli moddaning oshqozondagi konsentratsiyasini
kamaytirish uchun jabrlanuvchiga 5-6 stakan suv ichirib, zarur holatlarda yana qayt qildiriladi
va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |