139
tushib qolsa, nafas to‘xtashi ro‘y beradi, keyin bu hol beixtiyor nafas olishga aylanadi.
Baxtsiz hodisalarning 15 foizida suv o‘pkaga tushmaydi, biroq jabrlanuvchi bo‘g‘ilib o‘ladi.
Cho‘kishni oldini olish maqsadida oila a’zolarning hammasi suzishni o‘rganib olishi
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, kichkina bolalar chuqurligi 10 sm bo‘lgan joydagi suvda ham
cho‘kishi mumkinligini hisobga olgan holda ularning qarovsiz cho‘milishiga hech qachon
ruxsat bermaslik, sho‘ng‘ishdan oldin suvning chuqurligini hamda tubining holatini
tekshirish, oqim tez joyda bo‘lmaslikka va cho‘milmaslikka harakat qilish, yolg‘iz
cho‘milmaslikka harakat qilish, daryo kemalari qatnovi qizg‘in bo‘lgan joylarda
cho‘milmaslikka harakat qilish, agar uzoqqa suzib borish mo‘ljallangan bo‘lsa, bironta odam
qayiqda, qutqarish uchun zarur bo‘lgan barcha zarur narsalarni olgan holda, kuzatib borishi,
mast holda hech qachon suvga tushmaslik va qayiqda suzmaslik, katta bo‘lmagan qayiqda bor
bo‘y bilan tik turmaslik, qayiqda, ayniqsa sovuq kunlarda suzayotganda doim qutqarish
nimchasini kiyib olish, biron-bir qutqaruvchi vositani tayyor tutish kerak.
Suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki charchagan, kasal yoki
jarohatlangan odam, shuningdek sovuq suvda turgan yoki tasodifan suvga tushib ketgan odam
cho‘kishi mumkin.
Cho‘kayotgan odam ongsiz va instinktiv ravishda harakat qilishini tushunib olish kerak.
Shuning uchun ham, cho‘kayotgan odamga yordam berishga harakat qilinar ekan, hech
qachon unga darhol yaqin suzib bormaslik kerak.
Cho‘kish
– o‘tkir patologik holat bo‘lib, insonning tasodifan yoki ko‘zlangan holda
suyuqlikka (asosan suvga) botishi natijasida rivojlanadi va bu atrof muhit bilan gaz
almashinuvini hamda nafas organlariga havo tushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay
to‘xtatadi. Cho‘kishning terminal holatga o‘tishi suvda sovqotishning oxirgi bosqichida
rivojlanadi, bunda gaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul harakatlarining
buzilishi organizmni stupor holatga va hushning yo‘qotilishiga olib keladi. Asfiksik va
haqiqiy cho‘kish tafovut qilinadi. Asfiksik cho‘kishda to‘satdan kuchli sovqotish natijasida
yurak faoliyati va nafas olishning reflektor to‘xtashi kuzatiladi. Bunga bog‘liq cho‘kish juda
tez sodir bo‘ladi. O‘pkalar suv bilan to‘lmagan, teri qoplamlari esa oqish rangda bo‘ladi.
Jabrlanuvchini suvdan olib chiqqandan keyin yuqori nafas yo‘llaridan ko‘piksimon moddalar
ajraladi.
Haqiqiy cho‘kishda esa jabrlanuvchi asta-sekin cho‘kadi, suv sekinlik bilan o‘pkaga
tushadi, bemor ko‘karadi, ko‘pincha og‘iz va burnidan pushti rangdagi ko‘piksimon
moddalarning ajralishi kuzatiladi. Yurakning yopiq massajini o‘tkazganda va ko‘krak
qafasiga bosilganda ko‘pik miqdori nisbatan ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: