2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/602
Sana11.02.2022
Hajmi4,92 Mb.
#443861
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   602
Bog'liq
ХФХ МАЖМУА 2021 БИОЛОГИЯ кундузги

106 
 
Jarohatlardagi og‘riq odatda qattiq (jizillatadigan) bo‘lib, uning shiddati, tomir 
urishining chastotasiga bog‘liq holda ortib va kamayib turadi. Jarohatlangan sohaning 
ko‘taribroq qo‘yilishi va qulay joylashtirilishi natijasida og‘riq kamayadi va 2 soat davomida 
og‘riq to‘liq to‘xtashi mumkin. 
Jarohatlarning tasnifi.
 
Qo‘llanilgan qurol yoki jarohatlovchi agentning to‘qimalarni 
shikastlantiruvchi xususiyatiga qarab jarohatlarning quyidagi turlari farqlanadi: o‘qotar 
qurollardan jarohatlanish; tig‘ jarohati (tig‘ sanchishdan hosil bo‘lgan jarohat); tilingan 
jarohatlar; titilgan jarohatlar; lat yegan jarohatlar; majaqlangan jarohatlar; yulingan 
jarohatlar; tirnalgan jarohatlar; shilingan jarohatlar; tishlangan – chaqilgan jarohatlar;
zaharlangan jarohatlar; aralash jarohatlar. 
Tig‘ sanchishdan va o‘qotar qurollardan olingan jarohatdan qon kam oqadi. Ularning 
chuqurligi va yo‘nalishini ko‘z bilan aniqlash qiyin, ularda ko‘pincha ichki organlarning ham 
shikastlanishlari bo‘ladi. O‘tmas predmetlar bilan yetkazilgan tig‘ jarohatlari, masalan, 
yog‘och kaltak yoki yomg‘ir soyabonining uchi bilan berilgan zarbadan hosil bo‘lgan 
jarohatlar o‘ziga xos shakllarga ega. Kesilgan va to‘g‘ralgan jarohatlarda ko‘proq yuzalarning 
defektlanishi va qonning tashqariga kuchli oqishi xosdir.
Lat yeyishdan, majaqlanish va yulinish jarohatlaridan qon oqishi kamroq bo‘lib, ular 
kuchli og‘riq chaqiradi va ko‘pincha infeksiyalanadi, ularda qon aylanishining buzilishi 
nisbatan ko‘proq uchraydi va mahalliy nekrozlar keltirib chiqaradi. Shilingan jarohatlarning 
og‘rig‘i kuchli bo‘ladi, lekin jarohatlar ichida eng tez bitadigani hisoblanadi. Tishlangan 
jarohatlar og‘riqli bo‘lib, ko‘pincha yiringlab ketadi. Tishlangan jarohatlarning eng og‘ir 
asoratlaridan biri quturish kasalligidir.
Quturish kasalligining virusi kasal hayvonning so‘lagi bilan ajralib, u orqali tishlash 
vaqtida jarohatga tushadi. Kalamush, sichqon va mushuklar tishlab olsa, «kalamush kasalligi» 
rivojlanishi mumkin. oladi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra, jarohatlar operatsion va tasodifiy 
jarohatlarga bo‘linadi. Shikastlanishning chuqurligiga qarab jarohatlar yuzaki, teshib o‘tuvchi 
va ichki a’zolarni shikastlovchi jarohatlarga bo‘linadi. Masalan, teri jarohati, teriosti 
to‘qimalari va hatto qorin muskullarining jarohatlari ham yuzaki jarohatlarga kiradi. Agar 
qorin pardasi shikastlangan bo‘lsa, jarohat chuqur o‘tuvchi jarohatlar qatoriga kiritiladi.
Ayni vaqtda jigar va ichaklarning shikastlanishlari bilan kechadigan jarohatlar 
a’zolarning shikastlanishi bilan asoratlangan jarohatlar qatoriga kiritiladi. Jarohat tananing 
qaysi qismida bo‘lishiga qarab yuz, bosh, bo‘yin, qo‘l jarohatlariga bo‘linadi. Infeksiyalanish 
darajasiga ko‘ra, aseptik va infeksiya bilan ifloslangan jarohatlar bo‘ladi. Rejali 
operatsiyalardan yoki birlamchi jarrohlik ishlovidan keyingi jarohatlar aseptik jarohatlar 
hisoblanadi. O‘tkir va nisbatan toza predmetlar vositasida yuzaga kelgan, kesilgan va 
qiymalangan jarohatlar aseptik jarohatlarga yaqin bo‘ladi. Qolgan hamma jarohatlar 
infeksiyalar bilan ifloslangan deb baholanadi, chunki jarohatlanish vaqtida terining o‘zida 
ham, jarohatlovchi predmet vositalarida ham mikroorganizmlar bo‘ladi. 
Jarohat infeksiyasi
.
 
Jarohat infeksiyasi – jarohatga mikroblarning kirib borishi, 
organizm to‘qimalariga tushgan mikroorganizmlar va ulardagi toksinlarning tarqalib, ta’sir 
etish natijasidir. Toza jarohatga ko‘payish xususiyatiga ega pathogen bakteriyalar va zaharli 
moddalar tushib, uni ifloslasa (organizm reaksiyasi bo‘lmaganda), bakterial ifloslanish yuzaga 
keladi. Agar mikroblarning tushishiga organizm reaksiyasining sezilarli belgilari paydo 
bo‘lsa, bu narsa bakterial ifloslanishni aniq ifodalangan bakterial infeksiyaga o‘tganligini 
ko‘rsatadi. Bu jarayon, bir tomondan, mikroorganizmlar himoya reaksiyalarining holatiga, 
ikkinchi tomondan, jarohatga kirib borgan infeksiya qo‘zg‘atuvchisining miqdori va 
viruslentligiga bog‘liq.
Jarohatlarni davolash
.
 
Jarohatlarni davolashdan maqsad a’zo va to‘qimalarning 
birlamchi shakli va funksiyalarini hech qanday asoratlarga yo‘l qo‘ymagan holda tiklashdan 
iboratdir. Jarohatlarni davolash biologiya, jarrohlik, biofizika va tibbiyot texnikasining hozirgi 
zamonda erishgan yutuq va usullarini qo‘llab amalga oshiriladi.
Agar jarohatda g‘ayritabiiy moddalar yoki keng yirtiqlar bo‘lsa, ularni steril doka, 



Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish