395
rasm-41: 1-Tamaki
2-Maxorka
Tamakining har xil navlari 300 m uzoqlikda ekilishi lozim. Barg ikki marta
uziladi, gulto„plamining yangi gullari va g„unchalari yulib tashlanadi. Bu tadbir
to„la gullaganda yoki 3-5 ta yashil ko„sak hosil bo„lganda o„tkaziladi.
Gulto„plamda 50-70% gul qoldiriladi, qolgani yulib tashlanadi.
Ko„saklarning 70% jigar rang tusda bo„lganda hosil yig„ishtiriladi,
tamaki
boshlari tok qaychisi bilan 10-15 sm uzunlikda kesiladi, 40-50 tasi birlashtirilib
bog„lanadn, osiladi. Soyada tagiga brezent yoyiladi, to„la quriganda yanchiladi. 8-
10 kg hajmdagi surpdan tikilgan
xaltachalarda saqlanadi, namligi 9% oshmasligi
kerak. Tamaki 20
o
C da 60-65% namlikda saqlanadi.
396
Pedagogik texnologiya
“BBB” texnologiyasi
Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual sohalarga
ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB jadvalini to„ldiring
BBB jadvali
№
Mavzu savollari
Bilaman
Bilishni
istayman
Bilib oldim
1
2
3
9.2. MAXORKA
Barg tarkibi.
Barg tarkibida 5-15% nikotin, 15-20%
organik kislotalar, shu
jumladan 10% limon kislotasi mavjud. Poya tarkibida bu moddalar kamroq
bo„ladi. Maxorkadan asosan vitamin P, limon kislotasi ishlab chiqariladi.
Urug„idan moy olinadi (urug„
tarkibida 35-40% moy bo„ladi), bu yog„ - lak, buyoq
va sovun ishlab chiqarishda qo„llanadi. Maxorka
tamaki ekilgan tumanlarda
ekiladi. Hosildorligi 30-35 s/ ga.
Sistematikasi.
Maxorka
Solanaceae
oilasiga,
Nicotiana rustica L.
avlodi va
turiga kiradi. Ildizi o„q ildiz, yaxshi rivojlangan. Poyasi tik o„sadi, yuzasi qirrali,
balandligi 1,2 m gacha bo„ladi. Bargi bandli, yuraksimon yoki tuxumsimon, yuzasi
burishgan, sarg„ish-yashil rangli bo„ladi. 1000 ta urug„ining og„irligi 0,25-0,35 g
bo„ladi.
Maxorka uzun kunli o„simlik, issiqqa talabchan, urug„i
7-8
o
C
da unib
chiqadi, muqobil harorat 20-25
o
C, 2-3
o
C da nobud bo„ladi. Namsevar ekin, namlik
yetarli bo„lmasa, mahsulot sifati pasayadi. Unumdor, toza, muhiti neytral
397
tuproklarda yaxshi rivojlanadi. Maxorka oziqaga talabchan: 1 t quruq barg
yetishtirish uchun 24 kg azot, 10 kg kaliy va 35 kg kalsiy sarflanadi.
Maxorka uchun asosiy o„tmishdoshlar:
kuzgi don ekinlari, makkajo„xori,
ildizmevalilar, don-dukkakli, ko„p yillik o„tlar va sabzavot ekinlardir. Maxorka
poliz,
kartoshka, tolali nasha va kungabokardan keyin ekilmaydi, chunki bunda u
bir xil kasallik va zararkunandalar bilan zararsizlanishi mumkin.
Maxorka ko„chat orqali yoki urug„ini dalaga ekib yetishtiriladi. Maxorkaning
ko„chati tamakiniki kabi yetishtiriladi. Ekish miqdori: parniklarda 1,5-2,0 g/m
2
,
issiq pushtalarda 2,0-2,5 g, sovuqlarda 3,0 g/m
2
, ekishdan oldin urug„
Do'stlaringiz bilan baham: