73
tadan 25 tagacha bo„ladi. Pastdan yuqoriga qarab bo„g„in oraliqlari uzayadi. Poya
shoxlaydi. Yon shoxlari yer osti bug„inidan yoki yer ustidagi bug„inlardan
rivojlanadi. Poyaning o„rta qismi yo„g„on bo„ladi, yunori qismi ingichka bo„ladi.
Barg.
Don ekinlarining bargi oddiy bo„lib, barg shapalog„i, qin, tilcha va
quloqchalardan iborat. Barg poya bo„g„inidan o„sib chiqib poyani qattiq o„rab uni
baquvvat qilib tik ushlab turadi. Barg qinining barg shapalog„iga aylanadigan
joyida tilcha va quloqchalar bo„ladi. Tilcha yog„in
suvlarini barg qini va poya
orasiga o„tkazmaydi. Tilcha poyaga o„ralib bargni mustahkam joylashishiga
yordam beradi.
Tilcha va quloqchalarga qarab don o„simliklarini o„suv davrida farq qilishi
mumkin. Har bir poya bo„g„inidan bitta barg rivojlanadi.
Barg soni-bu nav
belgisidir.
Gul.
Don ekinlarining gullari gul to„plamlarda joylashgan bo„ladi. Don
ekinlarida uch xil gul to„plam bo„ladi:
1. Boshoq - bug„doy, arpa, javdar, tritikale.
2. Ro„vak - suli, jo„xori, sholi, tariq, makkajo„xori.
3. So„ta - makkajo„xorining onalik gulto„plami. Makkajo„xori bir uyli ayrim
jinsli o„simlikdir. Onalik gullari so„taga to„plangan, otalik gullari ro„vakka
to„plangan.
Don ekinlarining guli ikki jinsli (makkajo„xoridan boshqasi) bo„lib har
gulida ikkita gul qobiq, tuguncha va ikkita patsimon tumshuqcha va uchta
changdon bo„ladi. Gulning pastki qismida ikkita yupqa pardacha bo„ladi. Bu
pardacha gullash davrida shishib gul qobiqlarining ochilishiga yordam beradi.
Boshoq - boshoq o„zagi va boshoqchalardan iborat. Boshoq o„zagining har
bo„g„inida 1-3 gacha boshoqcha joylashadi. Boshoqcha qobiqlari qayiqsimon yoki
ingichka uzunchoq shaklda bo„ladi. Har boshoqchada 5 tagacha gul bo„ladi: arpada
1 ta, javdarda 2 ta, bug„doyda 2-5 tagacha. Boshoqning avval o„rta qismi gullaydi,
ro„vak uchki qismidan gullay boshlaydi.
Meva.
Don ekinlarining mevasi don. Don qobiqli va qobiqsiz bo„ladi. Qobiqli
don qobiqlar bilan o„ralgan bo„ladi. Don chuzinchoq shaklda (bug„doy, arpa, suli,
74
javdar, sholi), yumaloq (tariq, jo„xori), noto„g„ri shaklda (makkajo„xori) bo„ladi.
Donning usti tuklar bilan qoplangan (suli) yoki
tuk faqat donning uchki
qismida bo„ladi (bug„doy, javdar). Donning rangi har xil bo„ladi: oq, sariq, qizil,
qora va boshqa tusda ham bo„lishi mumkin. Don qobiq, endosperm va murtakdan
iborat. Qobiqning tashqi qavati meva va ichki qavati urug„ qobig„i bo„ladi murtak
donning pastki qismida birmuncha qiyaroq joylashgan. Murtakda boshlang„ich
kurtak, barg va ildiz bor. Endospermning tashqi qavatida aleyron qavati bo„lib,
bunda oqsil ko„p bo„ladi, lekin oqsilli moddalar (kleykovina) kam bo„ladi.
Endosperm donning ichki qismini tashkil etadi va don tortilganda un bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: