164
Begona o„tlar va ularga qarshi kurash choralari
. Begona o„tlar sholi
hosildorligiga
katta zarar yetqazadi, ya‟ni 20-30% gacha hosilni kamaytiradi.
O„zbekistondagi sholipoyalarda begona o„tlarning 50 ga yaqin turi aniqlangan,
shulardan sholiga eng katta zarar yetkazadigan 22 turi muttasil sholi ekiladigan
maydonlarda 7-12 turi, sholi almashlab ekish dalalarida yanada ko„prog„i
tarqalgan. Begona o„tlarning suvga bo„lgan munosabatiga asoslanib, ular quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
1. Quruqlikda o„sadiga begona o„tlar (mezofitlar).
Oddiy namlangan
yerlarda o„sadi. Sholi almashlab ekish dalasiga kiritilgan quruqlikda o„sadigan
ekinlar orasida en ko„p tarqalgan.
2. Nam sevuvchi begona o„tlar (gigrofitlar). Ular haddan tashqari sernam
yerlarda botqoqda o„sadigan o„tlar. Bular uzoq vaqt suv bostirilgan joylarda o„sadi.
Ularning yer usti qismlari havoda (ochiqda) o„sishga moslashgan.
3. Suvda o„sadigan begona o„tlar (limnofillar) muttasil suv bostirilgan
yerlarda, tabiiy ko„l va havzalarda o„sadi. Ularning
poyasi va barglari suvda
bo„ladi yoki suv yuzasida qalqib yuradi. Eski sholipoyalarda va ariqlarda, muttastl
sholi ekiladigan joylarda ko„p o„sadi.
4. Suvgullar (gidrolxaritlar). Bular faqat suvli botqoqliklarda va ko„llarda
o„sadi, ildizi bo„lmaydi. Poyasi va barglari suv tagida yoki suv yuzida qalqib
yuradi. Ular asosan ariqlarda kamdan-kam xollarda suv bostirib sug„oriladigan eski
sholipoyalarda o„sadi.
5. Suv o„tlar (algarlar) ko„zga ko„rinmaydigan bir hujayrali eski birmuncha
yirik to„p-to„p shilliqsimon parda yoki ipsimon massa hosil qiladigan tuban
o„simliklar.
Ular nam tuproqda, boshqa o„simliklarning suv osti qismlarida yoki
suv yuzasida o„sadi, sholipoya hamda ariqlarni ifloslantiradi.
Bulardan sholiga eng ko„p zarar etkazadiganlari g„alladoshlar oilasiga
mansub kurmaklar: shamak, kurmak va itqo„noqdir. Bu begona o„tlar
biologik
belgilari jihatidan sholiga yaqin turadi. Ularning hammasi bir yillik bahori o„simlik
hisoblanadi. Faqat urug„dan ko„payadi. Ular O„zbekistonda sholi orasida o„sadigan
begona o„tlarning eng ashadiysi hisoblanadi.
165
Begona o„tlarga qarshi agrotexnikaviy kurash choralari. Bahorda sholi
ekishga qadar yerni ishlash imkoni boricha begona o„tlar urug„ini undirib olish va
boshqa begona o„tlarga qarshi yerni plug, yumshatgichlar,
har xil kultivatorlar,
diskli qurollar va boronalar bilan bir necha marta ishlash yaxshi samara beradi. Suv
qatlami begona o„tlar maysasini yo„qotishda katta rol yo„naydi. Sholipoyalarga
bostirilgan suv qatlami qalin bo„lsa, ma‟lum vaqtdan keyin begona o„tlara halokatli
ta‟sir etadi. Masalan, kurmakni maysaligida yo„qotish uchun 5-7 kun davomida
sholipoyalarga 20-30 sm qalinlikda suv bostirib qo„yish keng qo„llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: