2.O’quv fanining o’qitishni maqsadi va vazifalari
1. Fanni o’qitishdan maqsad – “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan o’quv ishchi dasturning maqsadi ushbu fan bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga boshqaruv asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada o’rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarni hamda olgan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir.
2. O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari: “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanining asosiy maqsadi bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment fanining tutgan o’rni va uni o’rganish, menejmentning qonun va tamoillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish, kadrlarni o’qitish va ulardan qurilishni boshqarishda samarali foydalanish, menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baholash usullarini o’rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |